TORONTO UNIVERSITETI

TORONTO UNIVERSITETI

TORONTO UNIVERSITETI — Kanadadagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1827-y. tashkil etilgan. Sanoat texnologiyasi, sanʼat va fan, oʻrmon xoʻjaligi, tibbiyot, stomatologiya, ped., huquq, farmakologiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida 2 mln. ga yaqin asar bor. 50 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.

Ensiklopediya.uz
TORONTO UNIVERSITETI