TORF

TORF

TORF (nem. torf) — botqoqlik oʻsimliklarining oʻta namgar va havo kirib borishi qiyin boʻlgan sharoitda tabiiy chirishi va chala parchalangan qoldiklarining toʻplanishidan hosil boʻladigan foydali qazilma, yoqilgʻi. T. ning organik moddasi turli darajada parchalangan oʻsimlik qoldiqlaridan iborat. Torf yer ustida yoki mineral yotqiziqlar qoplami ostida birinchi oʻn m lardagi chuqurlikda yotadi. Chirindi (gumus) T. ga qoramtir rang beradi. Kimyoviy tarkibi Torf hosil qiluvchi oʻsimliklarning kimyoviy tarkibiga va Torfning parchalanish darajasiga boglik boʻlib, unda 50—60% uglerod, 5 — 6,5% vodorod, 30—40% kislorod, 1 — 3% azot, 0,1—1,5% oltingugurt bor. T. ga xos xususiyatlar: tabiiy sharoitda juda koʻp nam (88—96%) saqlash, gʻovaklik (96—97% gacha) va b. T. ning teksturasi bir jinsli, baʼzan qatlamli, strukturasi, odatda, tolasimon va plastik. Rangi sariq yoki qoʻngʻirqora. Torfning quruq holatda zichligi (0,3 g/sm3 gacha), issiqlik oʻtkazish koeffitsiyenti kam, gaz yutish xususiyati esa koʻp boʻladi. Torfning dunyodagi zaxirasi 500 mlrd. t boʻlib, konlarining maydoni dunyo boʻyicha 176 mln. ga. Torf tez uvalanishidan uzoqqa tashib borish kiyin. Shuning uchun mahalliy yoqilgʻi sifatida foydalaniladi. Briketlangan hodda tashish kulay. Torf yirik elektr styalari, issiklik elektr markazlari xamda zd va fka qozonxonalarida yoqish uchun ishlatiladi. Torfdan qurilish materiallari (plitalar) ham tayyorlanadi. Gazlashtirish va chala kokslash yoʻli bilan kimyoviy moddalar olinadi. Q. h. da va ohak aralashmasini tayyorlashda torfammiakli oʻgʻitlar ishlab chiqarish. da, sabzavotchilik va gulchilikda biologik yoqilgʻi, chorvachiliqda toʻshama sifatida, tibbiyotda davolash muolajalarida ishlatiladi. Torf konlari barcha materiklarda: Shim. yarim sharda — Gʻarbiy Sibir va gʻarbga tomon Atlantika okeanining sohillarigacha hamda Shim. Amerikaning shim. sharqiy qismida bor. Jan. yarim sharda esa Jan.

Ensiklopediya.uz
TORF