TORCH infektsiya: homilador ayollar uchun xavfi, ko’rikdan o’tish davri haqida
Homiladorlikni rejalashtirish har bir ayolga juda ko’p muammolarni olib keladi. Bu homiladorlikning boshlanishi va farzand ko’rish uchun chuqur tayyorgarlikdir. Organizmingizga, vujudingizda rivojlanayotgan farzandingizga va shifokorinizga ishoning. Va, albatta, kelajakdagi farzandingizning sog’lig’i ko’proq sizga bog’liqdir. Siz ko’plab xavf-xatarlardan osongina qochishingiz mumkin — issiqlikdan, sovuqdan, spirtli ichimliklardan, sigaretaning tutunidan… shunday emasmi? Ammo tahdid ko’zga ko’rinmas holda bo’lsa-chi?
TORCH infeksiya nima?
T.O.R.C.H. abbreviaturasi homila uchun eng xavfli infektsiyalarning birinchi harflaridan paydo bo’lgan:
- T (toxoplasmosis) — toksoplazmoz
Toksoplazmoz yuqishi, odatda, mushuklardan (iflosliklari bilan aloqa qilganda), ifloslangan suv orqali, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilinmaslikda va oziq-ovqat uchun yarim xom go’shtdan foydalanishda sodir bo’ladi. Toksoplazmoz alomatlarsiz kechishi va homiladorlikni erta davrlarda to’xtatishi mumkin.
- O (other) — boshqa infektsiyalar (gepatit B, sifilis, xlamidioz, turli viruslar va bakteriyalar keltirib chiqaradigan boshqa infektsiyalar)
Bu infektsiyalar alomatlarsiz bo’lishi mumkin, ammo ular homila uchun jiddiy xavf tug’diradi. Masalan, homilador ayolda xlamidial infektsiya bo’lganda, chaqaloq muddatidan oldin tug’ilishi mumkin.
- R (rubella) — qizilcha
Virusli kasallik bo’lib, u ko’pincha sog’lom odamga bemorning aksa urishi va yo’tali orqali yuqadi. Agar homilador ayol qizilcha bilan kasallangan bo’lsa, bu infektsiya homila uchun jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun homiladorlikni rejalashtirganda qizilchaga qarshi immunitet mavjudligini tahlil qilishingiz kerak, hatto bolalikda qizamiqqa qarshi emlanmagan bo’lsangiz ham.
- C (cytomegalia) — sitomegalovirus infektsiyasi
Sitomegalovirus bilan kasallangan odamlarning aksariyati hatto uni sezmasdan ham infektsiyani boshdan kechiradi. Ushbu infektsiya homiladorlik paytida ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Bu homiladorlikning to’xtatilishi va chaqaloqning muddatidan oldin tug’ilishi sabablaridan biri, shuningdek, miya, o’pka, jigar va ko’z rivojlanishining jiddiy nuqsonlariga olib keladi. Sitomegalovirus qon orqali, emizish orqali va jinsiy yo’l bilan yuqishi mumkin.
- H (herpes) — I-II, II tip gerpes
Kasallikning qo’zg’atuvchisi — I va II turdagi oddiy gerpes virusidir. Virusning II turi jinsiy yo’l bilan yuqadi. Virus yuqganidan so’ng inson organizmida butun umrga qoladi.
TORCH infektsiyalari qanchalik xavfli?
Homiladorlik davrida TORCH infektsiyasiga mansub guruhlardan biri bilan birlamchi kasallanish xavflidir. Ya’ni, shu toifadagi infektsiyaga qarshi immunitet rivojlanmagan bo’lsa. Homilador ayolda TORCH infektsiyaning mavjudligi har qanday vaqtda homiladorlikni tugatilishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuningdek, o’tkir infektsiyada surunkali infektsiyaga qaraganda homilada nuqsonlar rivojlanishi xavfini yuqoriroq bo’ladi.
Qachon ko’rikdan o’tish kerak?
Tekshiruvlardan homiladorlikni rejalashtirishdan 2-3 oy oldin va homiladorlik davrida har 2 oyda (ayol organizmida ularga qarshi antitanalar bo’lmagan infektsiyalarni monitoring qilish) o’tish kerak. Shuningdek, homiladorlikning 16-18 haftaligida qizilcha virusi mavjudligini tekshirish majburiydir. Homiladorlikdan oldin TORCH infektsiyasini aniqlash terapevtik (davolash) yoki profilaktik (oldini olish) choralar o’tkazish imkonini beradi, shuningdek kelajakda homiladorlik davrida va homiladorlikdan oldingi natijalarni solishtirish uchun kerak bo’ladi.
TORCH infektsiyasi uchun laboratoriya tekshiruvi vaziyatni aniqlab beradi
TORCH infektsiyalarining muhim xususiyati shundaki, hech qanday alomatlar bo’lmasligi yoki ular sezilmas bo’lishi mumkin, shuning uchun faqat klinik ko’rinishlarga (toshma toshishi, haroratning ko’tarilishi va hokazo) asoslanib tashxislash ko’pincha qiyinchiliklarga olib keladi. TORCH infektsiyani aniqlashning eng aniq usuli laboratorik tashxis bo’lib, u qonda immunoglobulinlarni mavjudligini o’rganishga qaratilgan.
Tahlillarga tayyorgarlik:
- Qon och qoringa topshiriladi;
- Tahlillardan 3 hafta oldin antibiotiklar va antivirus preparatlardan foydalanmasli kerak.
Tadqiqot natijalarini olganingizdan so’ng, shifokoringiz bilan maslahatlashing.
TORCH infektsiya uchun qon tahlili natijalariga izoh
Shartli belgilar: — = salbiy, mavjud emas; + = ijobiy, mavjud
IgM — M antitanalar, IgG — G antitanalar
Infektsiyanomi | IgM | IgG | Izohi | Tavsiya | Xavfi |
Toksoplazmoz | — | — | Ayolda ushbu infektsiyaga qarshi antitanalar mavjud emas, seronegativ bemorlar guruhiga kiradi. | Homiladorlik davrida mushuklar bilan aloqa qilmaslik va barcha taomlarni yaxshilab pishirish kerak. | Juda yuqori. Agar infektsiya birinchi trimestrda qayd etilsa, ayolga homiladorlikni sun’iy tugatish taklif qilinadi. |
+ | — | Ayol toksoplazmoz bilan masksimum 2 oy muddatga infektsiyalangan. | Keyingi ko’riklardan o’tish va homiladorlikda virusning homilaga ta’sir qilishini oldini olish bo’yicha shifokor bergan maslahatlar. | Shifokor aniqlik kiritadi. | |
+ | + | Tekshiriluvchi virus bilan 2 — 6 oy muddatga infektsiyalangan. | Keyingi ko’riklardan o’tish uchun shifokorga murojaat qilish. | Xavf darajasi yuqori, lekin o’ta xavfli emas. Mutaxassis nazoratida bo’lish kerak. | |
— | + | Ayolda himoya antitanalari mavjud. | Hech ikkilanmasdan homiladorlikni rejalashtirish yoki xavfsirashsiz mavjud homiladorlikni davom ettirish mumkin. | Homila uchun hech qanday xavf yo’q, bola sog’lom rivojlanadi. | |
Qizilcha | — | — | Infektsiyaga qarshi antitanalar mavjud emas, ayol seronegativ bemorlar guruhiga mansub. | Agar homilador bo’lsa, bolalar bilan aloqa qilishni cheklash, agar rejalashtirilayotgan bo’lsa, emlash yordam beradi. | Homila uchun xavf o’ta yuqori. Kasallanish qayd etilganda ayolga homiladorlikni sun’iy to’xtatish taklif etiladi. |
+ | — | Qizilcha bilan kasallanish 2 oygacha bo’lgan. | To’liq ko’rikdan o’tish uchun mutaxassislarga murojaat qilish. | Agar homiladorlik bo’lsa, xavf o’ta yuqori, agar rejalashtirilayotgan bo’lsa, emlanish mumkin. | |
+ | + | Ayol 6 oygacha kasallangan bo’lgan. | Keyingi tahlillarni topshirish uchun shifokorlar bilan maslahatlashish kerak. | Xavf o’ta yuqori, ko’pincha tibbiy ko’rsatmalar bo’yicha homiladorlikni sun’iy tugatilishi taklif etiladi. | |
— | + | Ayolda qizamiq virusiga qarshi antitanalar mavjud. | Bemalol homiladorlikni rejalashtirish yoki davom ettirish mumkin. | Xavf umuman mavjud emas, bola sog’lom tug’iladi. | |
Sitomegalo-virus | — | — | Infektsiyaga qarshi antitanalar mavjud emas, ayol seronegativ bemorlar guruhiga mansub. | Homiladorlikda ehtiyot choralarini ko’rish kerak — odamlar zich joylarda bo’lmaslik, shaxsiy idish-tovoqlardan foydalanish. | Xavf yuqori. Sitomegalovirus bilan homiladorlikda kasallansa, homila tushishi yoki bolaning tug’ma nuqsonlar bilan tug’ilishi ehtimolligi mavjud. |
+ | — | Ehtimol, ayol 2 oygacha muddat infektsiyalangan. | Qo’shimcha ko’riklardan o’tish kerak. | Xavf yuqoriligicha qoladi. Yaxshisi to’liq davolanmaguncha homiladorlikdan saqlanib turish kerak. | |
+ | + | Ayol sitomegalovirus bilan 6 oygacha muddat inektsiyalangan. | Ko’riklardan o’tish uchun mutaxassislarga murojaat qilish kerak. | Xavf darajasini faqat ginekolog va infektsionist aniqlashi mumkin. | |
— | + | Tekshiriluvchida virusga qarshi antitanalar mavjud. | Homiladorlikni bemalol rejalashtirish yoki davom ettirish mumkin. | Xavf umuman mavjud emas. | |
Oddiy gerpes | — | — | Ayolda infektsiyaga qarshi umuman antitanalar mavjud emas, u seronegativ bemorlar guruhida. | Gerpes alomatlari kuzatilgan kishilar bilan aloqa qilishdan qochish. | Xavf agar kasallanish homiladorlikda qayd qilinsagina mavjud, bunday hollarda kasal bola tug’ilishi ehtimoli 60% ga yetadi. |
+ | — | Ayolning 2 oy muddatgacha infektsiyalanganini anglatadi. | Qo’shimcha ko’riklardan o’tish kerak. | Xavf yuqori, shuning uchun homiladorlikni rejalashtirishni ortga qoldirish kerak, agar ayol homilador bo’lsa, tor sohadagi mutaxasisslar nazoratida bo’lishi kerak. | |
+ | + | 6 oy muddatgacha infektsiyalanganlik. | Mutaxasisslar nazorati ostida qo’shimcha tahlillar o’tkazish kerak bo’ladi. | Xavf darajasini faqatgina shifokorlar aniqlay oladi, lekin umuman olganda u yuqori bo’ladi. | |
— | + | Ayolda ushbu infektsiyaga qarshi antitanalar mavjud. | Homiladorlikni bemalol rejalashtirish yoki davom ettirish mumkin. | Hech qanday xavf yo’q, bola sog’lom dunyoga keladi. |
Kasalliklar
ko’rikdan o’tish davri haqida, TORCH infektsiya: homilador ayollar uchun xavfi