To‘qqizinchi hakim — aql (29-qism) haqida malumot

To‘qqizinchi hakim — aql (29-qism) haqida malumot

Shunday naql bor: “Xudo uchlikni xush ko‘radi”.
Ruhiyat — insonning birlamchi asosi bo‘lib, har birimizning o‘ziga xosligimiz va takrorlanmasligimizni ko‘rsatadi.
Aql — bu ikkinchi asos bo‘lib, qalb u orqali ifodasini topadi. Demak, aql qalbning namoyon bo‘lish vositasidir.
Tana — esa insonning uchinchi asosi bo‘lib, jismoniy, ko‘rinuvchi qismidir va uning yordamida inson aqli ifodasini topadi. U odamning atrof muxit bilan aloqasi uchun zarur vositadir. Mana shu uchala asos inson deb atalmish yaxlitlikni tashkil etadi.
Biz bilamizki, tana aloxida vazifalarni bajaradigan mustaqil, lekin bir-biri bilan uzviy bog‘liq va bir-birisiz mavjud bo‘lolmaydigan muchalar, xujayralar va to‘qimalar birligini anglatadi.

Juda ko‘p vaqtlar mobaynida bu turli muchalarni bir-biridan ajratib, aloqasiz deb qarash biror a’zoni tana va undagi boshqa muchalardan ajratgan holda davolashga urinishlar bo‘lgan. Lekin ular tananing bir a’zosi og‘risa, butun tanada og‘riq bo‘lishini, ya’ni hamma muchalar o‘zaro bog‘liqligini tushunib yetmaganlar.

Tana har xil vazifalarning mujassamlashganligini ko‘rsatuvchi ajoyib birlik namunasidir. Bitta bo‘lak uchun nima yaxshi bo‘lsa, hamma joyi uchun ham shu yaxshi, bir bo‘lagi uchun nima yomon bo‘lsa, xammasi uchun yomon.
Agarda oyoqdagi bir barmoq qorason bilan kasallansa, bundan butun tana jabrlanmaydimi? Odam nafaqat butun tanasida og‘riq sezadi, tezda boshqa kasalliklarning belgilari ham paydo bo‘ladi. Masalan, ishtahasizlik, bosh og‘riq, bezgak. Axir barmoq butun tananing arzimas kichik bo‘lagi-ku?
Ochlik ilmida biz insonning butunisi: uning qalbi, aqli va tanasi bilan ish ko‘ramiz.

Fikrlash va salomatlik

Bemor kishi o‘zicha endi tuzalmasam kerak deb ta’kidlayversa, uning bu bashorati deyarli hamisha amalga oshadi va azobini to o‘lganicha ko‘tarib yuradi.
TANA — NODONDIR. Siz buni esingizdan chiqarishingizni istamayman. Aynan shuning uchun xam shu yerda buni takror-takror aytaman. Bizni nazorat qiladigan yagona chin omil ongdir. Mana nima uchun doimo yaxshi fikrlarni ko‘ngildan o‘tkazish zarur. Ong doimo tanani nazorat qilmog‘i lozim.

Siz o‘zingizning salbiy fikrlaringizni ijobiy fikrlar bilan almashtirishga  o‘rganmog‘ingiz  lozim.  Agar  sizda:   “Men qariyapman chog‘i, qariganda ko‘rish qobiliyati susayadi. Mening ko‘zim ham xiralashayapti” tarzidagi salbiy fikrlar xuruj qilaversa, uning o‘rniga taxminan quyidagi ijobiy fikrni xayoldan o‘tkazing: “Yoshim ko‘z xiralashishi uchun sabab emas. Yoshim zahar emas. Ko‘z xiralashishiga boshqa sabab bor va u bilan kurashsa bo‘ladi”

Miya tilsiz tanani boshqaradi va tana miya topshiriqlarini bajarishga moyil. Miya tanani sexrlaydi.
Aqlning o‘z qarorlarini tanaga o‘tkazishiga imkon bering, agarda aksi bo‘lsa, ya’ni tana aqlni boshqaradigan bo‘lsa, unda siz kasalning quliga aylanasiz.

Narkotiklarni iste’mol qilish odatlari tananing aqlni boshqarganiga aniq misoldir. Tananing xaddan tashqari narkotiklarga intilishi miyani tanaga jinoyat qilish topshirig‘ini berishgacha majbur qilishi mumkinki, narkotiklar yordamida aql tana darajasiga tushib qoladi.

Yuqoridagilar alkogol, choy, kofe va boshqa ko‘plab qo‘zg‘atuvchilarga xam aloqador. Bu sharoitda zaxarlanuvchi aql emas, tana xisoblanadi. Aql tananing qo‘li bo‘lganligi uchun xam biz yomon odatlarga o‘chmiz.
Tana: “Ye, ich va o‘yna-kul, ertangi kun haqida o‘ylama” tarzidagi soxta falsafaga amal qiladi. Bu adashishdir. Siz ertagayoq o‘lib qolmaysiz, lekin yuqoridagi noto‘g‘ri falsafa bilan yashab, 10-20 yildan keyin bevaqt qarigan va kechayu-kunduz kasalliklardan azob chekadigan kishiga aylanasiz.

Siz o‘zingizning yomon odatlaringiz tufayli jazolanayotganingizni ESDA TUTING. Bu — qonun. Kasallik, og‘riq va jismoniy qiyinchiliklar qaysidir ma’noda sizning inson ekanligingizni bildiruvchi ko‘rsatkichlardir. Siz o‘z tanangizga qarshi jinoyat sodir etasiz, chunki siz tabiiy hayot tarzi yordamida o‘zingizga berilgan aqldan foydalanib, uni boshqarish imkoniyatidan foydalanmaysiz.

Salomatlik va uzoq umr ko‘rishga erishishi uchun sizning aqlingiz nima qila oladi? Ko‘pchilik ayollar va erkaklar nima qilsa o‘shani. O‘z fikringizni real kuch, foydalanish yo‘liga qarab itarishi xam tortishi xam mumkin bo‘lgan magnit deb xisoblang.
Ko‘pchilik kishilar na ijobiy va na salbiy fikr yuritish usuliga qodir emaslar. Ijobiy fikrlash usuli samaraga, salbiy fikrlash buzg‘unchilikka, bo‘shlik va omadsizlikka olib keladi. Shuning uchun xam  har bir kishi o‘zida ijobiy ruxiy fikrlar bo‘lishiga intilmog‘i lozim. Bunga erishish uchun bardosh va iroda lozim bo‘ladi. Har bir to‘qimaga ta’sir o‘tkazaoladigan salbiy va buzg‘unchi fikrlarning ko‘plab ko‘rinishlari mavjud. Shulardan eng kuchlisi qo‘rquv va unga yo‘ldosh bo‘lgan bezovtalik, tushkunlik, vaximachilik, xavotir, hasad, irodaning susayishi, rashk, qizg‘onchiqlik, dushmanlik, xafagarchilik o‘ziga ishonchsizlik va achinish kabilardir.

Bularning barchasi tana va miyaning toliqishiga olib boradi va oqibatda quvvatning kamayishi, asabiy holat, sekin yoki tez sodir bo‘ladigan zaxarlanishga olib keladi. Intoksikatsiya natijasida salbiy xissiyotlarga moyillik paydo bo‘ladi.
Qo‘rquv va bezovtalik boshqa salbiy fikrlar singari o‘ylashda vaximalarga olib boradi. To‘g‘ri qarorlar qabul qilish imkonini beradigan to‘g‘ri o‘ylash uchun miyaning umuman toza bo‘lishi lozim bo‘ladi. Xiralashgan miya faqat noo‘rin xulosaga kelishi va ayrim hollarda esa umuman qaror qabul qila olmasligi mumkin.

Ijobiy mental kuchlar nimani anglatadi? Bu buzg‘unchi kuchlarning ziddi sifatida xotirjamlik, tafakkur va ichki bemalollikni bildiradi. Miyangizning tanaga xo‘jayin bo‘lishiga imkon bering.

Miya sizning kim ekanligingiz haqidagi qarashlaringiz shakllanadigan joydir. Shunday qilib, bu yerda eslatib o‘tilgan to‘qqizta tabiiy xakimlarni yordamchi qilib olib, o‘zingizdan, nimani xohlasangiz, o‘shanga erishishingiz mumkin. Ijobiy fikrlar kuchiga ishoning, hech qachon tafakkurda salbiy fikrlarnnng g‘olib kelishiga yo‘l qo‘ymang. Agarda siz mana shu tartibda yashasangiz, miyangizni buyuk bunyodkorlik fikrlar o‘chog‘iga aylantira olasiz. Har bir ochlanish bilan ongingizni kuchliroq va ijobiyroq qilib boraverasiz. Har bir ochlanish bilan qo‘rquv va bezovtalikdan xolos bo‘lib boraverasiz.

Ochlik qalb, ong va tanani ulug‘laydi. Sizga hayotda bundan boshqa yana nima kerak?

Ochlik yordamida qanday odam bo‘lishni xoxlasangiz, o‘shanday odamga aylanishingiz mumkin. Bunga erishish yo‘li — doimo yaxshilikka intilib yashash.
Tana va ong uyg‘unligiga bo‘lgandagina to‘g‘ri ruxiy muvozanatga erishiladi. Hech qachon unutmangki, insonda ruxiyat birinchi o‘rinda, mental, ya’ni aql — ikkinchi, jismoniyat – uchinchi o‘rinda turadi, ikkinchi va uchinchilar uyg‘unlashgandagina sog‘lom ruxiy xayotga erishish mumkin bo‘ladi. Ana shu uchta ko‘rsatkichning uyg‘unligiga erishish va ularni tushunish, insondagi yashirin imkoniyatlardan biridir.

O‘zingizga yaratuvchilik falsafasini ishlab chiqishda ongingizdan foydalaning. Sog‘lik haqida esa foyda beradigan tarzda o‘ylang. U sizning ruxiy hayotingiz uchun zarur. Agarda siz bunda batartib bo‘lsangiz dil, ong, fikr va tana salomatligi ta’minlangan bo‘ladi.
Ochlik va samarali hayot dasturi sizni haqiqiy hayot mazmunini anglashning yuqori cho‘qqilariga olib chiqadi. Bunday natijaga yer yuzida sanoqli kishilargina erishadi.

Inson yo‘liqqan eng katta fojia, bu hissiy tushkunlik, aqliy to‘poslik va tashabbusning yo‘qligidir. Bularning barchasining noto‘g‘ri ovqatlanishdan boshlanadi. Djeyms Maklekter

Odamlar o‘lmaydi, ular o‘zlarini o‘zlari o‘ldiradilar. Seneka

© Pol Bregg
«Ochlik mo‘jizasi» kitobi.
Ziyouz.uz

Kasalliklar
To‘qqizinchi hakim — aql (29-qism)