Toqilgan kiyimlar

Toqilgan kiyimlar

Uchinchi kuni Amir Temur lashkargohda bo‘lgan ayollarga dubulg‘alar kiyishni va jangchilar o‘rnini egallashni, erkaklarga esa ikkitadan ot olib lashkargohni tezda tark etishni buyuradi. Qarorgohda erkaklar ko‘rinishida bo‘lgan ayollardan o‘zga kuch qolmaydi. Erkaklar qiyofasidagi «jangchilar»ni kuzatishda davom etgan To‘xtamishxon lashkarlari Amir Temur va uning asosiy qo‘shini kechuv joyiga qaytganligidan bexabar qoladi. Shu tariqa, tun bo‘yi Amir Temur qo‘shini To‘xtamishxon soqchi guruhining ko‘zini shamg‘alat qilib Terek daryosidan kechib o‘tishga muyassar bo‘ladi. Mazkur jangda Amir Temur g‘alabaga erishadi.

Ayollardan iborat qo‘shinlar, tutingan o‘g‘il, «begunoh» sarbador — Amir Temur hayoti haqidagi qiziqarli tarixiy faktlar

2022 yil 9 aprel kuni o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo hududida markazlashgan davlat tuzishga erishgan, buyuk sarkarda Amir Temur tavalludiga 686 yil to‘ladi. U 1336 yilning 8 apreldan 9 aprelga o‘tar kechasi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida (Qashqadaryo viloyati hududi) tug‘ilgan.

U nafaqat harbiy sarkarda, balki bunyodkor sifatida ham tarixda iz qoldirgan. Amir Temur zabt etgan shaharlarida bunyodkorlikka qo‘l urganligi haqida ayrim manbalarda yozilgan. Bu fikrni uning o‘zi «Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga 10 g‘isht qo‘ydirdim. Bir daraxt kestirsam, o‘rniga 10 ta ko‘chat ektirdim», — deya ifodalagan.

«Gazeta.uz» tarixshunos olimlar fikr va mulohazalari, shuningdek boshqa tarixiy manbalarga tayanib, Amir Temur shaxsi va uning hayoti davomida ro‘y bergan ayrim qiziqarli va tarixiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni to‘pladi.

Amir Temur tug‘ilgan joy aslida qaysi hududga kiradi?

Uning nafaqat harbiy yurishlari, balki tug‘ilishining o‘zi haqida ham ko‘plab fikrlar yuradi. Xususan, O‘zMU dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Akbar Zamonov bu haqda o‘z fikrini bildirar ekan, Sohibqiron tug‘ilgan maskan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ining bugungi kunda Yakkabog‘ tumanida joylashganini aytadi. Shunday ekan, nega u manbalarda «Shahrisabz yaqinida», «Keshga qarashli», «Shahrisabzga qarashli» hudud sifatida keltiriladi?

U buni quyidagicha izohlaydi: «Bugungi kundagi Yakkabog‘ va Shahrisabz tumanlari o‘rta asrlarda Kesh vohasi doirasida bitta hududiy birlik sifatida tilga olingan. Amir Temur tavallud topgan davrlarda (XIV asr) Yakkabog‘ deb nom olgan alohida ma’muriy birlik mavjud emas edi. XVIII asrda shakllangan Yakkabog‘ bekligi esa Kesh (Shahrisabz) viloyatiga qarashli hudud bo‘lgan. Shu jihatdan qaraganda, ko‘plab tarixiy manbalar va adabiyotlarda Amir Temur tavallud topgan joy — bugungi Yakkabog‘ tumanidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘i Shahrisabz va Kesh nomlari bilan yonma-yon keladi», — deya ta’kidlaydi tarixshunos.

Yakkabog‘ viloyati (bekligi)ning paydo bo‘lishi ashtarxoniylar davriga (1601−1756), XVII-XVIII asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Yakkabog‘ qisqa muddatlarda Shahrisabz bilan goh siyosiy ittifoqda, goh uning ta’sirida, goh tarkibida bo‘lgan ma’lum davrlar ham mavjud. Hatto 1920-yillarda ham Yakkabog‘dagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘i Shahrisabz viloyatining Mo‘minobod hududiga qarashli bo‘lgan.

Foto: Google Images.

Amir Temurning qulog‘iga azon aytgan Sayid Amir Kulol bashorati

Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi raisi Bo‘riboy Ahmedovning Amir Temur haqida hikoyalar kitobida yozishicha, Amir Kulol Amir Temur ikki muborak yulduz: Mushtariy va Mirrix sayyoralari o‘z burjida bir-biriga yaqin kelgan paytda tug‘ilganini va bu oliy martaba, kuch-qudratdan dalolat berishini aytadi.

«Munajjimlar yaxshi biladirlarki, Mushtariy — baxt-saodat, Mirrix ersa kuch-qudrat manbai erur. Mundin ma’lumki, Tangri taolo o‘g‘loningga baxt-saodat, kuch-qudrat ato etmish. Qodiri egam aytibdurlar: «Biz ushbu ulug‘ ne’matni faqat o‘zimiz tanlagan kishilargagina ato eturmiz», — deya Kulolning Amir Tarag‘ayga (Temurning otasi) so‘zlaridan iqtibos keltiriladi hikoyada. Amir Kulol shundan keyin chaqaloqning qulog‘iga azon aytib, unga «Temur» deb ism qo‘yadi.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1370 yilda vafot etgan Sayid Amir Kulolning valiylik darajasi juda yuksak bo‘lgani aytiladi. O‘zA bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yuzdan ortiq shogird yetishtirgan Sayid Amir Kulolning shogirdlari orasida eng mashhuri Bahouddin Naqshband hisoblanadi. Uning kenja o‘g‘li Saidiy Umar Amir Temurning vaziri bo‘lgani hamda qabri Samarqandda ekani haqida ayrim manbalarda keltirilgan.

Amir Temur tanasidagi bir umrlik jarohat

Amir Temur o‘ng oyog‘i va qo‘lidan jarohatni qayerda olganligi to‘g‘risida bahsli ma’lumotlar ko‘p.

Ayrim manbalarga ko‘ra, 1362 yilda Amir Temur tanasiga Seyistonda (Eron va Afg‘oniston chegarasida joylashgan tarixiy viloyat) bo‘lgan jangda o‘ng qo‘lining tirsagidan va o‘ng oyog‘iga kamon o‘qi tegishidan qattiq jarohatlanadi. Boshqa manbalarda esa bu jarohat uning o‘smirligida olingani aytiladi.

1404 yili Samarqandga safar qilgan Ispan elchisi de Klavixo Amir Temur Seyiston otliq askarlariga duch kelgan paytda ko‘p lashkarlaridan ayrilgani haqida yozadi. «Ular Temurni ham otidan yiqitib, o‘ng oyog‘ini jarohatladilar. Shundan so‘ng, u bir umr oqsoq bo‘lib qoldi va Temurlang nomini oldi», deb yozadi Klavixo. U, shuningdek, Amir Temurning o‘ng qo‘lidan ham yaralangani, jimjimjilog‘i va undan keyingi barmog‘idan ham ayrilgani haqida aytadi.

Ushbu jarohatlari tufayli forslar uni «Temurlang» deb atashgan. Shu sababli rus va g‘arb manbalarida uning ismi «Tamerlan», «Tamerleyn» deb keltiriladi.

Temuriylar imperiyasi. Foto: Yandex Zen.

Amir Temur qo‘shinlari tarkibida ayollar ham bo‘lgan

Tarixshunos Akbar Zamonovga ko‘ra, Amir Temur sipohlari tarkibi turli-tuman bo‘lib, harbiy xizmatga bir necha ming ayollar ham jalb qilingandi. Ayol jangchilarning aksariyati ko‘chmanchi urug‘larga mansub bo‘lgan.

Bu haqda XV asrda yashagan suriyalik tarixchi Ibn Arabshoh shunday yozadi: «Temur lashkarlari orasida ayollar ham bo‘lib, ular dushman bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda matonat ko‘rsatardilar. Nayza sanchish, qilich o‘ynatish va kamondan mo‘ljalga olishda mohir erkaklardan ko‘ra ham ortiqroq ish qilardilar. Agar ulardan biri homilador bo‘lib yo‘lda dard tutsa, darrov chetga chiqardi. U tezda yig‘ishtirinib olgach, tag‘in uloviga minib jangga kirardi».

Ayollarning 1395 yil To‘xtamishxonga qarshi Shimoliy Kavkazdagi Terek daryosi bo‘yidagi jangda ham ma’lum darajada ishtirok etganligi manbalarda yozib qoldirilgan.

Amir Temur saroyida bo‘lgan ispan echisi Klavixoning yozishicha, jangdan oldin Temur To‘xtamishxonning hiravuli (oldingi qism)ni yanchib Sunji daryosini jang bilan kechib o‘tadi. Ertasi kuni qulay pozitsiya qidirgan sohibqiron Terekning o‘ng sohili bo‘ylab yura boshlaydi. Daryoning so‘l qismida bo‘lgan To‘xtamishxon o‘z raqibining daryodan o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qorovul ajratadi va bu soqchi qism daryoning chap qirg‘og‘i yoqalab Temur qo‘shinini tinimsiz kuzatib boradi. Ikkala qo‘shin uch kun davomida shu alpozda asta-sekin harakat qilib boradi.

Uchinchi kuni Amir Temur lashkargohda bo‘lgan ayollarga dubulg‘alar kiyishni va jangchilar o‘rnini egallashni, erkaklarga esa ikkitadan ot olib lashkargohni tezda tark etishni buyuradi. Qarorgohda erkaklar ko‘rinishida bo‘lgan ayollardan o‘zga kuch qolmaydi. Erkaklar qiyofasidagi «jangchilar»ni kuzatishda davom etgan To‘xtamishxon lashkarlari Amir Temur va uning asosiy qo‘shini kechuv joyiga qaytganligidan bexabar qoladi. Shu tariqa, tun bo‘yi Amir Temur qo‘shini To‘xtamishxon soqchi guruhining ko‘zini shamg‘alat qilib Terek daryosidan kechib o‘tishga muyassar bo‘ladi. Mazkur jangda Amir Temur g‘alabaga erishadi.

Foto: Sarvar Urmonov (O‘zA).

Temurning tutingan o‘g‘li

Amir Temur janglardagi g‘alabaga hissa qo‘shgan sarkardalarni qo‘llab kelganligi aytiladi.

Sohibqiron alohida mehr qo‘ygan sarkadalardan biri — Amir Shayx Nuriddin bo‘lgan. Jaloyir qavmining nufuzli vakili Saribug‘abekning oilasida tavallud topgan Nuriddinni Amir Temurning o‘zi tarbiyalab voyaga yetkazgan. Uning ilm-fan, shariat, ayniqsa, harbiy sanatdan yuqori saviyada xabardorligini hisobga olib Temur uni suyukli nabirasi Ibrohim Sulton ibn Shohrux mirzoning ustozi va murabbiyi etib belgilagan.

Shayx Nuriddin Temurning Oltin O‘rda xoni To‘xtamishxon bilan urushlari, Eron, Hindiston, Yaqin Sharq hududlariga qilingan yurishlarda alohida jasorat namoyish qilgan. Temuriylar davrining mashhur tarixchisi Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, 1402 yil Anqara jangida Boyazid Yildirim mag‘lub etilgach, Shayx Nuriddin turk sultonlari poytaxti Bursani ishg‘ol qilishga yuborilgan. U Bursa shahriga kirib, Boyazid Yildirimning oltinu javohir to‘la xazinasini qo‘lga kiritgan va sohibqironga yuborgan.

Amir Temur va To‘xtamishxon o‘rtasidagi Terek daryosi bo‘yidagi jang. Zamonaviy illyustratsiya. Foto: Google.

Lekin, temuriylar o‘rtasida taxt uchun boshlangan kurash sohibqiron ishonchini qozongan atoqli sarkardalar o‘rtasiga ham nizo solgan. Xususan, Amir Shohmalik va Shayx Nuriddin orasidagi murosasiz qarama-qarshiliklarning birida 1411 yil Shayx Nuriddin halok bo‘lgan.

Hofiz Tanish Buxoriyning yozishicha, «Shayx Nuriddin Amir Temurning zo‘r amirlaridan edi va ul hazrat uni „farzandim“ deb atardi hamda unga Turkiston mulki boshqaruvini topshirgan edi». XV asrda yashagan yana bir muarrix Fasih Xavofiy ham Shayx Nuriddin Amir Temurning tutingan o‘g‘li bo‘lganligiga, eng nozik va qaltis faziyatdagi vazifalar mazkur amirga topshirilganligiga ishora qiladi.

Amir Temurning rafiqalari haqida

O‘zMU dotsentiga ko‘ra, Shohrux Mirzo davrida yozilgan «Nasabnoma» deb atalgan risolada keltirilishicha, sohibqiron butun hayoti davrida 18 nafar ayolni o‘z nikohiga olgan. Ular orasida eng mashhuri Saroymulk xonim bo‘lgan.

Saroymulk xonim Chig‘atoy ulusiga mansub bo‘lgan mo‘g‘ul xonlaridan Qozonxonning qizi bo‘lib, 1341 yilda tug‘ilgan edi. Saroymulk xonimni 1355 yilda amir Husayn o‘z nikohiga kiritadi. 1370 yilda amir Husayn qatl qilingach, u Amir Temur nikohiga kiradi. Temur ushbu nikoh tufayli «Ko‘ragon» maqomiga musharraf bo‘ladi. Ko‘ragon iborasi mo‘g‘ulcha so‘z bo‘lib, «xonning kuyovi» degan ma’noni ifodalar edi.

Saroymulk xonim xon avlodiga mansub bo‘lgani tufayli haramdagi barcha malikalardan ulug‘ hisoblanib, «katta xonim» (Bibixonim) degan unvonga ega bo‘ladi. Amir Temur Saroymulk xonimdan farzand ko‘rmagan.

1397 yilda sohibqiron Konigilda katta to‘y o‘tkazib, Tukal xonimni o‘z nikohiga kiritadi. Tukal xonim haramda (xon qizi bo‘lgani tufayli) Saroymulk xonimdan keyingi o‘rinda turgan va «kichik xonim» deb atalgan. 1397 yilda sohibqiron Tukal xonim sharafiga Samarqandda «Bog‘i Dilkusho»ni barpo ettiradi.

Amir Temurning uch nafar farzandi, Sulton Baxt Begim, Jahongir Mirzo va Og‘o Begim, uning rafiqalaridan dunyoga kelgan.

Shuningdek, Amir Temur o‘z mahramiga olgan xos kanizaklari esa 22 nafarni tashkil qilgan. Tarixshunos Akbar Zamonovning fikriga ko‘ra, bu o‘rta asr saroy an’analari bo‘yicha uncha katta bo‘lmagan haram hisoblanadi.

Amir Temurning kanizaklaridan o‘g‘illari Shohrux Mirzo (Tog‘ay Turkon og‘odan), Mironshoh (Menglik og‘o Joni Qurboniydan), Umarshayx Mirzo (Tuman og‘odan) tug‘ilgan.

Foto: Denov tumani hokimligi.

Omon qoldirilgan sarbador yoxud «begunoh»

1365 yil Mo‘g‘uliston xoni Ilyosxo‘jaxon hujumidan Samarqandni himoya qilgan, keyinchalik shaharda qisqa vaqtga o‘z boshqaruvini o‘rnatgan «sarbadorlar» (boshini dorga tikkanlar) Amir Husayn tomonidan tor-mor etilib, ularning rahbarlari dorga osilishga hukm qilinadi. Shunda Amir Temur madrasa mudarrisi (ayrim manbalarda talaba deyiladi) Mavlonozoda Samarqandiyni dordan xalos etishni so‘raydi.

«Sarbadorlarning rahbarlari qatlga hukm qilinganda faqat Mavlonozodagina Amir Temur aralashuvi bilan omon qolgan. Temuriylar davri muarrixlari bo‘lgan Nizomiddin Shomiy, Hofizu Abru, Muiniddin Natanziylar ham Mavlonozodaning Amir Temur tomonidan ozod qilinganini yozgan bo‘lsa-da, sababiga to‘xtalishmagan», — deya ta’kidlaydi Akbar Zamonov.

Yuqorida nomlari keltirilgan mualliflarning asarlarida keltirilgan voqealar sinchiklab o‘rganilganida Mavlonozodaning «oliy tabaqa» (bu ibora ko‘p hollarda Muhammad (s.a.v.) avlodlariga nisbatan ishlatilgan) vakili bo‘lganligi aniqlangan. Jumladan, Muiniddin Natanziy Mavlonozodani «aslzoda yigit» bo‘lganligini aytsa, Hozifi Abru uni «ulug‘zodalardan bo‘lgan donishmand» deya ta’riflaydi.

O‘rta asrlarda musulmon jamiyatida yaratilgan tarixiy asarlarda «ulug‘zodalar» va «begunohlar» degan atamalar payg‘ambar avlodlariga nisbatan ishlatilganligi hamda ular qamalda qolgan shahar ichida bo‘lsa, ziyon-zahmatsiz chiqarilib yuborilganligi tarixiy manbalarda keltirilgan.

Muarrix G‘iyosiddin Xondamir, Zayniddin Vosifiylar 1512 yil Eron qo‘shinlari qo‘mondoni Najmi Soniy tomonidan Qarshida uyushtirilgan ommaviy qirg‘inda «begunohlar»ning ham o‘ldirilganligini taajjub bilan, jamiyat qoidalariga zid voqea sifatida yozgan edi. Bundan tashqari, islom dini arkonlarini chuqur o‘rgangan, Qur’oni karimni yod bilgan ulamolar ham «begunoh» sifatida bosqinchilar shafqatiga erishgan.

Sarbadorlar yetakchisi bo‘lgan Mavlonozoda ham bir tomondan, «ulug‘zoda» — payg‘ambar avlodi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, u mudarris (yoki talaba) bo‘lgan va diniy ilmlardan voqif, Qur’oni karimni yoddan bilgan. Bolaligidan islom an’analarini muqaddas burch bilib, bir qancha pirlardan, xususan, Amir Kuloldek shayxlardan tahsil ko‘rgan Amir Temur Mavlonozodaning qatl etilishi o‘zlari yashagan jamiyat uchun eng og‘ir gunoh ekanligini Amir Husaynga uqtirgan bo‘lishi, tabiiy edi, deydi tarixchi Akbar Zamonov.

Foto: «Temur tuzuklari» kitobi.

Sohibqiron vafoti paytida (1405 yil) uning qancha avlodi hali tirik bo‘lgan?

Tarixshunos Akbar Zamonovning fikrlariga ko‘ra, Amir Temur avlodlari sertarmoq bo‘lib, butun Osiyo bo‘ylab tarqalgan bo‘lsa ajab emas. Temur vafoti arafasida ularning soni, o‘g‘il-qiz va nabiralar — 53 nafarni tashkil qilgan.

Xususan, Amir Temur vafot etganida, uning o‘g‘il avlodlaridan o‘ttiz olti nafari hayot bo‘lib, shundan katta o‘g‘il amirzoda Jahongir (1356−1376) naslidan o‘n bir o‘g‘il bor edi. Temurning ikkinchi o‘g‘li Umarshayx Bahodir (1356−1394) naslidan to‘qqiz o‘g‘il va nevaralar hayot edi. Temurning nevarasi Pir Muhammad ibn Umarshayx bir o‘g‘il bilan yigirma olti yoshda edi.

Temurning uchinchi o‘g‘li, o‘ttiz sakkiz yoshli shahzoda Mironshoh mirzoning (1366−1408) yetti o‘g‘il va nabiralari bor edi. Kenja o‘g‘il Shohrux Mirzo (1377−1447) yigirma yetti yoshdan oshgan bo‘lib, unga Xuroson mulk qilib berilgan edi. Uning yetti o‘g‘li bo‘lib, Mirzo Ulug‘bek va Ibrohim Sulton (1394 yil tug‘ilgan) har ikkalasi o‘n bir yoshda edilar.

Sohibqiron Temurning vafoti arafasida qizlari va nevara-qizlaridan o‘n yetti nafari mavjud edi. Uning katta qizi Sulton Baxt Begim taniqli va sadoqatli amirlardan biri Amir Sulaymonshoh nikohida yashar edi. Temurning ikkinchi o‘g‘li Umarshayx Bahodirdan uch nafar qiz qolgan edi.

«Temurbeklar maktabi» yana qanday nomlanishi mumkin edi?

2019 yilda O‘zbekistonda «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylari faoliyati joriy qilindi. Uning nomlanishi bo‘yicha ham turli takliflar bo‘lgan. Xususan, «Amir Temur avlodlari», «Temuriylar», «Sohibqiron izdoshlari» kabi variantlar bor edi.

Aynan «Temurbeklar» nomi tanlanganiga sabab Amir Temur «Amir» maqomiga 1366 yilda erishadi. Bunga qadar 26−30 yoshgacha u «Temurbek» bo‘lgan. Ya’ni hozirgi kunda muassasa o‘quvchlarining yoshidan kelib chiqib, ularning hozirgi holati Amir Temurning xos davridagi holatiga qiyoslangan. Ular hozir aynan Temurbekning yoshida, deydi tarixchi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, tarixshunos Akbar Zamonov maqolalari va turli tarixiy kitoblar asosida tayyorlangan.

Toqilgan kiyimlar

На данной странице вы можете посмотреть без регистрации видео канала на котором 0 просмотров. Рекомендуем посмотреть последнее видео онлайн.

Сейчас смотрят
00:00:11 Vlaamse Landmaatschappij
2 года назад 173 просмотров

Das in holle weg gebufferd door grasstrook

00:25:35 El moحtwa
1 год назад 1 973 просмотров

حل تمارين وافكار الفصل الثالث شرح محاسبه تكاليف كليه تجاره نظام تكاليف المراحل الانتاجيه الجزء2

00:04:37 The Rebel Collective
4 года назад 4 960 просмотров

Shebeen at The Hills Of Donegal Festival, Bundoran, Donegal. 2018

00:01:00 Talking Tactics with Mel Pikos
1 год назад 392 просмотров

7 Reasons to MOVE TO BRISBANE in 2022! #Shorts

00:04:28 Viktor Kot
1 десятилетие назад 1 810 просмотров

Rammstein Ohne Dich Боржава

00:13:47 Veronica V
1 десятилетие назад 2 092 442 просмотров

Стив Джобс. Гениальная речь о смысле жизни и не только

Популярные видео

Видео недоступны, обновите страницу

Сейчас ищут

Смотрите видео на портале epicube.su совершенно бесплатно и без регистрации. Наша видеотека каждый день обновляется лучшими роликами со всего мира!

admin@epicube.su Наша почта для ваших пожеланий и связи с нами.

Yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun kiyimlar o’lchami

Sevimli uchun kiyim sotib olish – bu kichik mo”jizalari bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutayotgan ota-onalar va chaqaloqlarni olib keladigan shishalar tomonidan ziyorat qilinganlar uchun eng katta zavqlardan biridir. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarga kiyim tanlash uchun ota-onalar juda ehtiyotkorlik bilan qarashadi, chunki u hali uning xohish-istaklari haqida gapira olmaydigan kichkina odamning ehtiyojlarini qondirishi kerak.

Chaqaloqlar uchun kiyim tanlash mezonlari

Yangi narsaning farzandingizga quvonch keltirishi uchun bir qator talablarga javob berishi kerak:

  1. Qulaylik. Kiyinish oddiy bo’lishi kerak, shuning uchun u choklarning harakatiga to’sqinlik qilmaydi. Dekorativ chiziqlar, tugmalar, qalin yoki qattiq tikuvlar, qattiq elastik bantlar, sozlanadigan metall tokalar, boncuklar, zarbalar va boshqa bezaklarni qabul qilmaydi. Chaqaloqning dastlabki cho’ntaklariga foydasi tegmaydi. Oldinroq, agar siz zarur bo’lsa, bu kiyimni tezda tashlab, bolaga qo’yib qo’yishingiz mumkin. Bolalarni old tomonida bo’lishi kerak, chunki chaqaloq orqa tomonda ko’p vaqt sarflaydi. Kichkina bo’yin, qayishqoq elastik bantlar va juda kichik tugmalar ko’p keraksiz muammo va xavotirga sabab bo’ladi.
  2. Sifat. Birinchi shkafi teginish uchun yoqimli tabiiy materiallardan tayyorlanishi kerak. Bunday kiyimlarda yangi tug’ilganlar qulay va qulay bo’ladi, chunki tabiiy materiallar havoga chiqadi, terini nafas olish imkonini beradi. Kiyimdagi tikuvlar bolaga toza va beg’ubor bo’lishi kerak. Tugmalar qat’iy tikilgan, dubalar mukammal qayta ishlangan. Siz tugmachalarni ochish oson bo’ladigini e’tiborga olishingiz kerak. Aks holda, atrofidagi to’qima tezda sindirib ketadi. Kiyimlar yuvish uchun yaxshi bo’lishi kerak.
  3. Rang . Chaqaloqning kiyimlari yorqin, yorug’ bo’lishi kerak. Bunday holatda, psixologlarga ko’ra, sizning bolangiz xotirjam, sog’lom va muvozanatli bo’ladi. “Xushchaqchaq” kiyim kiygan, atrofida boshqalar ham bor va u kamdan-kam hollarda aloqa bilan bog’liq muammolarga duch kelmoqda. Sizning dastlabki oylaridagi hayotingizdagi ideal ranglar: osmon ko’k, och-pushti, sokin sariq, yumshoq pista, tender ochuvchi va bejning barcha soyalari.
  4. Hajmi. So’nggi nuqtada biz batafsilroq to’xtatamiz, chunki ota-onalar orasida yangi boshlanuvchilar ko’pincha ko’plab savollar tug’diradi. Ko’pchilik yangi tug’ilgan chaqaloqlarda qanday kiyimlar borligini bilmaydi.

Yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun kiyimlar kattaligi jadvali

Og’irligi, kg 1-2 2-3 3-4 4-5.5 5.5-7 7-8.5 8.5-10
Yoshi, oy. 1 1 2 3, 4 5, 6 7, 8 9, 10, 11, 12
Bosh atrofi, sm 32-34 32-34 34-36 36-38 38-40 38-42 40-42
Yangi tug’ilgan chaqaloq uchun qanday kiyim sotib olish kerak? 44 50 56 62 68 74 80

Ota-onalar bolalarga yaqin bo’lmagan va ayni paytda juda katta kiyimlarni sotib olishlari kerak. Kiyim hajmini ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak, chunki bolalar bir yilgacha tez o’sadi.

Birinchidan, yangi tug’ilgan chaqaloq kiyimining o’lchamini qanday aniqlash mumkinligini ko’rib chiqaylik. U odatda bolaning o’sishiga mos kelishi kerak. Biroq, bolaning bolaligida aniq o’sish belgilanadi allaqachon tug’ilgan va darhol siz kerakli narsada uni kiyintiring.

Ko’pincha bolalar 50-54 sm balandlikda tug’iladi, bunday chaqaloqlar 56 gacha kiyimga muhtoj bo’lib, ular bir necha hafta ichida o’sib chiqadi. Shuning uchun kelajakdagi ota-onalar “katta” bola tug’ilishining zarur sharti bo’lgan katta o’sishga ega bo’lsa, kiyim o’lchami masalasi 62 o’lchamga yo’naltirilishi kerak.

Chaqaloq o’sib ulg’aygunga qadar uning tanasi parametrlarining o’zgarishiga qarab, unga kiyim sotib olasiz. Biroq, sizning e’tiboringizni jadval ko’rinishida taqdim etishni istagan o’rtacha ko’rsatkichlar mavjud. Ular sotib olishda tezda harakat qilishingizga yordam beradi.

Qiziqarli malumotlar
To’qilgan kiyimlar