Toqilgan bolalar kiyimi

Toqilgan bolalar kiyimi

Hate You Jim Yosef Riell

Chala tug‘ilgan bolalar – fiziologiyasi, rivojlanishi va parvarishlash asoslari

Bola dunyoga kelgandan boshlab jadal o‘sa boshlaydi. Bu davrda bolalar juda nozik bo‘lishadi. Ayniqsa muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlar juda nimjon va zaif bo‘ladilar.

Muddatidan avval tug‘ilishga olib keluvchi xavf omillari sotsial-demografik (oilaning mustahkam emasligi, past ijtimoiy hayot, yosh oilalar) va tibbiy jihatdan (ilgari o‘tkazilgan abort, ko‘p marta farzand ko‘rish, homilaning gemolitik kasalliklari – rezus konflikt natijasida kelib chiqqan, onaning surunkali kasalliklari) bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bolaning muddatidan oldin tug‘ilishida kasb zararligi, zararli odatlar, homiladorlik vaqtida jismoniy va ruhiy jarohatlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Chala tug‘ilgan bola deb, homiladorlikning 22 haftasidan 37 haftasigacha bo‘lgan oraliqda tug‘ilgan va tana vazni 500 gr.dan og‘ir bo‘lgan chaqaloqlarga aytiladi. Ushbu ko‘rsatkichlar JSST tomonidan kiritilgan.

Chala tug‘ilganlikning bir necha darajalari bor. Ularni darajaga bo‘lish tug‘ilgan bolaning tana vaznidan kelib chiqib belgilanadi. Agar bolaning tug‘ilgandagi vazni 1 kg.dan past bo‘lsa – ekstremal vaznli chala tug‘ilgan bola, 1,5 kg.gacha bo‘lgan bolalar – kam vaznli chala tug‘ilgan bolalar, 1,5 kg tug‘ilganlar esa – oddiy chala tug‘ilgan bolalar deb yuritiladi.

  • Chala tug‘ilgan bolalar qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
  • Chala tug‘ilgan bolalarning asab tizimi
  • Chala tug‘ilgan bolalarning nafas olish tizimi
  • Chala tug‘ilgan bolalarda yurak-qon tomir tizimi
  • Chala tug‘ilgan bolalar ovqat hazm qilish tizimi va ularni oziqlantirish
  • Chala tug‘ilgan bolalar suyak tizimi

Chala tug‘ilgan bolalar qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Chala tug‘ilgan bolalarning tashqi ko‘rinishi, normal o‘z muddatida tug‘ilgan bolalardan farq qiladi. Teri osti yog‘ qavati chala tug‘ilgan bolalarda yupqa yoki umuman bo‘lmaydi. Teri qoplami nozik, to‘q qizil rangda, burishgan bo‘ladi. Kindik qorinning pastki sohasida joylashgan bo‘ladi, sog‘lom tug‘ilganlarda esa kindik qorinning markazida joylashadi. Ularning boshi tanasiga nisbatan juda katta, bosh chanog‘idagi birikmalar va kichik liqildoqlar ochiq holatda, katta liqildoq esa o‘lchami kichik, chunki suyaklar to‘liq o‘z joyiga tushmagan bo‘ladi. Quloq suprasi juda yumshoq. Tirnoqlar esa yupqa, barmoq falangalarini to‘liq qoplamaydi. Chala tug‘ilgan qiz bolalarda katta jinsiy lablar kichik lablarni to‘liq qoplamaydi va jinsiy oraliqda qizil rangli tirqishni ko‘rish mumkin, o‘g‘ ​ il bolalarda esa moyaklar yorg‘oqqa tushmagan va yorg‘oqning o‘zi to‘q qizil rangda bo‘ladi. Kindikning ajralishi qiyin bo‘ladi va yara ham 8-9 kun ichida bitadi.

Chala tug‘ilgan bolalarda a’zolar tizimi homiladorlik vaqtida to‘liq shakllanmagan va funksional jihatdan yetilmagan bo‘lganligi sababli, tashqi muhitga moslashuvchanlik ham qiyinchilik bilan amalga oshadi. Sog‘lom, o‘z muddatida tug‘ilgan bolalar uchun xavf tug‘dirmaydigan kasalliklar, chala tug‘ilganlarda og‘ir kechishi mumkin.

O‘QING: Chaqaloq axlati – normal va patologik holatlar

Chala tug‘ilgan bolalarning asab tizimi

Bosh miyaning shakllanishi homiladorlikning erta muddatlarida boshlanadi. Shuning uchun muddatidan ancha ilgari tug‘ilgan bolalarda ham bosh miya qismlari shakllangan bo‘ladi, lekin miyaning o‘tkazuvchi tizimining yetilishi to‘liq bo‘lmaydi ya’ni – nerv tolalarining ustini qoplaydigan parda, melinizatsiya to‘liq shakllanmagan bo‘ladi, shu sababli turli a’zolarga nerv impulslari bormaydi va a’zolarning funksiyasida kamchiliklar kelib chiqadi. Melinizatsiya jarayoni postnatal (tug‘ilgandan keyin) davrda ham davom etadi. Sog‘lom, o‘z muddatida tug‘ilgan bolalarning miyasi ham tug‘ruq vaqtida kuchli zo‘riqishga uchraydi. Miya pardalariga tushadigan bosim kuchli bo‘lganligi sababli spazm holatlari, miyada qon aylanishining buzilishi, miyaga qon quyilishlar kelib chiqishi mumkin. Lekin, bunday jarayonlar chala tug‘ilgan bolalarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Asab tizimi bilan bog‘liq muammosi bor, muddatidan avval tug‘ilgan bolalarda harakatlanish qobiliyati va mushaklar tonusi past, reflekslar kuchsiz yoki umuman yo‘q, qo‘l va oyoqlarning tortilib turishi, ko‘z olmasining tortilib qolishi va g‘ilaylik ham kuzatilishi mumkin.

Embrionlik davrda shakllanadigan eng asosiy refleks – so‘rish refleksi, chala tug‘ilgan bolalarda saqlangan, ammo kuchsiz bo‘ladi. Muddatidan juda erta tug‘ilgan chaqaloqlarda esa so‘rish refleksi bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday bolalarda so‘rish refleksini rag‘batlantirish uchun maxsus chora tadbirlar o‘tkaziladi. Bunda og‘iz atrofi mushaklarini massaj qilish va maxsus so‘rish uchun shisha idishchalardan foydalaniladi.

Bundan tashqari, chala tug‘ilgan bolalarda termoregulyatsiya funksiyasi ham to‘la yetilmagan bo‘ladi: ular issiqlikni oson ajratishadi, ammo o‘zlarida hosil qilish va ushlab turishga qiynalishadi. Ularning ter ajratish bezlari funksiya bajara olmaydi va buning oqibatida bolalar qizib ketaverishadi. Shuni inobatga olib, chala tug‘ilgan bolalar maksimal darajada qulay sharoitda parvarish qilinadi, ular qizib ketishlari va sovuq qotmasliklari zarur. Shu kabi qulay sharoit neonotologiya bo‘limlaridagi maxsus belanchaklarda bo‘lib, u yerda doimo bir xil harorat saqlanib turadi (36 gradus). Chala tug‘ilgan bolalarning sezgi organlari bola tug‘ilgandan 1 kunidayoq ishlashni boshlaydi.

Chala tug‘ilgan bolalarda, o‘z muddatida tug‘ilgan bolalarga qaraganda ko‘proq sudorgilar (talvasa) beradi. Bunga sabab bosh miyaning organik zararlanishi, epilepsiya, baland tana harorati, moddalar almashinuvidagi o‘zgarishlar bo‘ladi. Ammo, o‘z muddatida tug‘ilgan bolalardagi talvasa holatlari chala tug‘ilganlarda bo‘ladigan sudorgilardan farq qiladi, masalan sog‘lom tug‘ilgan bolalarda talvasalar kloniko-tonik ko‘rinishda bo‘lsa (mushaklar qisqarishi, so‘ng uning bo‘shashish bilan davom etishi), chala tug‘ilgan bolalarda esa ko‘pincha klonik ko‘rinishda namoyon bo‘ladi, ya’ni mushaklar bo‘shashgan holatda. Har qanday sharoitda ham sudorgi (talvasa) holatlarini davolash talab etiladi, chunki talvasalarga sabab bosh miyada qon aylanishining buzilishi bo‘lib, keyinchalik miyaning zararlanishiga olib kelishi mumkin.

O‘QING: Chaqaloqni choʻmiltirish tartibi va foydali tomonlari

Chala tug‘ilgan bolalarda (ayniqsa ekstremal kam vaznli bolalarda) ko‘pincha bolalar serebral paraliji (shollik) kelib chiqadi. Bolalar serebral paraliji diagnozi bolaning 1 yoshida qo‘yiladi, ammo kasallikning belgilari bolaning tug‘ilishi bilan namoyon bo‘la boshlaydi, ayniqsa 3 oylik vaqtda yaqqol bilinadi. Agar bolada mushaklari sust, zaif, agar bola oyoq va qo‘llarini harakatlantira olmasa, 2-3 oylik massaj muolajalari o‘tkazilgandan keyin ham natija bilinmasa, bunday bolalar serebral paralij xavf guruhiga kiradi. Agar bolada o‘z muddatiga yarasha reflekslar hosil bo‘lmasa, motorikadan ortda qolsa – ularga bolalar serebral paraliji diagnozi qo‘yiladi.

Yuqoridagi asab tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda, chala tug‘ilgan bolalar bilan nevropotolog mutaxassis shug‘ullanadi. Bunday bolalarga davolovchi massaj buyuriladi. Davolovchi massajni onalar mustaqil ravishda, uy sharoitida ham o‘tkaza oladilar, bu bola bilan bo‘lgan psixologik aloqani ham tiklashga yordam beradi va asab tizimi shakllanishini rag‘batlantiradi.

Chala tug‘ilgan bolalarning nafas olish tizimi

Chala tug‘ilgan bolalarda nafas olish sog‘lom, o‘z muddatida tug‘ilganlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi: bola tana vazni qancha kam bo‘lsa, ularning nafas olish soni shuncha ko‘p bo‘ladi.

Asab tizimi va lipidlar (yog‘) almashinuvining to‘liq shakllanmaganligi sababli, o‘pkada surfaktant moddasi hosil bo‘lmaydi. Surfaktant moddasi nafas olib chiqarishda alveolalarning yopishib qolmasligini ta’minlaydi. Ushbu modda yetishmaganligi sababli bolalarda ko‘pincha nafas kamchiligi sindromi kelib chiqadi va atelektaz rivojlanishiga olib keladi.

Atelektaz – o‘pkaning ma’lum bir qismining to‘liq shakllanmasligi yoki nafas olishda ishtirok etmasligidir. Buning natijasida chala tug‘ilgan bolalarda nafas yetishmovchiligi kelib chiqadi. Bunday bolalar sun’iy o‘pka ventilyatsiyasiga o‘tkaziladi va bu o‘pkaning o‘zi mustaqil ravishda ishlagunigacha davom etadi.

Nafas yetishmovchiligi fonida infeksion kasalliklar yuzaga chiqa boshlaydi (pnevmoniya) va bu bolaning umumiy ahvolini yana og‘irlashtiradi. Shuning uchun homilador ayollarda muddatidan oldin tug‘ishiga shubha qilinganda ularga glyukokortikoid preparatlar yuborilib, tug‘ilajak bolaning nafas olish tizimi a’zolarining rivojlanishini rag‘batlantiradi.

Chala tug‘ilgan bolalarda yurak-qon tomir tizimi

Barcha a’zolar tizimi kabi chala tug‘ilgan bolalarda yurak-qon tomir tizimi ham to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. Izlanishlar aniqlashicha, har qanday tashqi ta’sirot natijasida yurak urishlar soni ko‘payadi, yurak tonlari kuchayadi va arterial qon bosimi oshadi. Normal homiladorlik vaqtida bolaning tug‘ilishigacha bo‘lgan davrda yurak va qon tomir tizimining barcha elementlari to‘liq shakllangan bo‘ladi va bola tug‘ilishga tayyor bo‘ladi. Chala tug‘ilgan bolalarda esa turli xildagi yurak anomaliyalari bo‘lib, yurak urishida va bolaning umumiy ahvolini og‘irlashtirishga sabab bo‘ladi. Yurak anomaliyalarini diagnostika qilish uchun UTT (UZI) exokardiografiya tekshiruvlari o‘tkaziladi.

O‘QING: Chaqaloq axlati – normal va patologik holatlar

Yurak qon tomir tizimida kamchiligi bo‘lgan chala tug‘ilgan bolalarni tashqi ta’sirlovchilardan asrash kerak, masalan juda baland tovush, shovqinlardan.

Chala tug‘ilgan bolalar ovqat hazm qilish tizimi va ularni oziqlantirish

Chala tug‘ilgan bolalarning hazm qilish a’zolarida ham o‘ziga xos jihatlari bo‘ladi. Birinchi navbatda, bunday bolalarda hazm fermentlari yetishmovchiligi kuzatiladi. Ovqat hazm qilish tizimidagi bezlar yetarli miqdorda ferment ajratib chiqara olmaydi va oshqozon shirasi ham kam miqdorda sintezlanadi. Chala tug‘ilgan bolalar hazm tizimiga tushgan kichik miqdordagi miroorganizmlar ham bolada disbioz kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Sog‘lom bolalarda bu kabi bakteriyalar oshqozon shirasi ta’sirida o‘lib ketadi. Asab tizimi tomonidan kuzatiladigan kamchiliklar hisobiga ichaklarning motorikasi (harakatlanishi) susayadi, ovqat massasi ichaklarda turib qoladi. Ammo, muddatidan juda erta tug‘ilgan bolalarda ham sutni parchalovchi fermentlar qisman bo‘lsada ishlab chiqariladi. Shuning uchun chala tug‘ilgan bolalar uchun eng optimal ozuqa – ona sutidir.

Ona suti ozuqaviy jihatdan qulay bo‘libgina qolmay, tashqi muhit agressiv omillardan ham bolani himoya qiladi, ya’ni immunitet. Shuning uchun bola tug‘ilishi bilan intensiv terapiya bo‘limida yotgan bo‘lsa ham, so‘rish reflekslari shakllanmagan bo‘lsa ham ona sutini qabul qilishini ta’minlash kerak. Mana shu yo‘l bilan chala tug‘ilgan bolalarni o‘sishini rag‘batlantirish mumkin. Agar bolada umuman so‘rish refleksi shakllanmagan bo‘lsa, maxsus nazo-gastral zond orqali ona suti beriladi.

Chala tug‘ilgan bolalar suyak tizimi

Chala tug‘ilgan bolalar suyak tizimi to‘liq shakllangan bo‘ladi, lekin ularda suyaklanish jarayoni oxirigacha shakllanmagan bo‘ladi. Shuning uchun bunday bolalarga qo‘shimcha kalsiy elementi buyuriladi. Organizmda D vitamin fosfor va kalsiy yetishmovchiligi natijasida raxit kelib chiqadi. Chala tug‘ilgan bolalar xavf guruhiga kiradilar. Raxit – chala tug‘ilgan bolalarda tez yuzaga kelib chiqadi va belgilar yaqqol namoyon bo‘ladi.

Ayniqsa, chala tug‘ilgan bolalarda chanoq-son bo‘g‘imi to‘liq shakllanmagan bo‘lganligi sababli, bolalarda displaziya holati hisobiga chiqishlar va harakatlana olmaslik kuzatiladi.

Tug‘ilishga “shoshilgan” bolalar kelajagi nima bo‘ladi? Prognoz erta tug‘ilganlik muddatiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bola 33-haftadan keyin tug‘ilsa va tug‘ruqda jarohatlar olmasa, bolaning to‘liq rivojlanib ketishiga 70 kun atrofidagi muddat sarflanadi. Agar bola juda erta tug‘ilgan bo‘lsa maxsus shifoxonalar, neonotologiya bo‘limlarida parvarish qilinadi. Bunday bolalar doimo mahalliy pediatr nazoratida bo‘ladilar.

Amaliyotdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, chala tug‘ilgan bolalarni to‘g‘ri parvarishlab, qo‘shimcha kasalliklardan himoya qilinsa, bir yil davomida o‘z tengdoshlari kabi o‘sishda davom etadi.

Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu – Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.

Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.

Kurs ishi mavzu: Yasli yoshidagi og’il bolalar komplekti modeli uchun andoza majmuasini ishlab chiqish. Bajardi

Bluzlar va ko’ylaklar, uzun ko’ylaklar Modali shlyapkalar, bolalar uchun uzun ko’ylaklar va raglanlarning modellari deflated elkali chiziqlar bilan ajralib turadi. Vizual tarzda, bu uslubning mahsulotlari katta hajmdagi koleksiyonlarda moda bo’lib xizmat qiladi. Yana bir muhim afzallik – faol jismoniy mashqlar davrida ham harakatda cheklov bo’lmasligi.

Shimlar va shimlar

Shorts va shimlar unisex formatli kiyimlardir. Mashhur modellar – chinos va bermuda shimlar. Zamonaviy shimlarning standart uzunligi – to’piqqacha. Yozda ushbu variant ayniqsa qulay.

Ushbu mavsumda dizaynerlar qanday kiyinishni taklif qilmoqdalar:

  • porloq chiziqlar bilan bezatilgan jingalak kiyimlarida;
  • jingalak jinsi va jinsi tushirilgan ranglar;

Aksessuarlar, poyafzallar va bosh kiyimlar

Aksessuarlar va shlyapalar judaham urfda, poyafzallar esa hamon sport uslubiga yaqin ketalar chunku ular juda yengil va qulay. 2018-2019 bahor-yoz mavsumining bolalar modasining asosiy yo’nalishlari bolalar, o’quvchilar va o’smirlarga kattalar uchun to’plamlar tendentsiyasini aks ettirib, ayni paytda individuallik va o’z-o’zini anglashlik bilan ta’minlashga imkon beradi.

Moda modellarida asosiy badiiy kanstruktiv belgilar orqali istemolchilar uchun afzalliklarni taminlash

O’xshash modellardagi asosiy badiiy konstruktiv belgilar tahlili.

O’xshash modellarni tahlil qilishda men Blukids, Sugar, Mango, Zara kabi brendlarning kolleksiyalarini o’rganib chiqdim va ularda foydalanilgan asosiy va qo’shimcha badiiy konstruktiv belgilarni tahlil qildim. Tahlil natijalari shuni ko’rsatdiki, mazkur 2019-2020-yil moda tendensiyalarida nimyopishgan va to’g’ri siluetli bolalar rubashkasi va Kombinizoni 30-60% ni tashkil qildi.

Shuningdek yengni o’rnatishda bolalarga qulay hisoblangan va ko’plab brendlar qollagan o’tqizma yeng 50% bolalar ko’ylagida tashkil qildi. Taqilma ustki kiyimlarning tashqi ko’rinishida asosiy vazifani bajaradi. Shunga ko’ra 100% dan 50% ni markaziy taqilma tashkil qildi. Shuningdek joyidan qochgan taqilmalar ham 50% ni tashkil qildi.

Shu bilan birga inson egnida mos turishini ta’minlash uchun modellarning 10% da orqa o’rta chokni ko’ramiz. Bolalar gavdasi biroz tekis bo’lganligi sababli , shunga muvofiq unda vitochka qo’llash biroz noqulaylik tug’diradi. Tadqiq qilingan modellarda ham vitochka uchramadi. Bolalar rubashkasiga o’zgacha ko’rinish baxsh etadigan koketkalar esa tahlilning 10% ni tashkil qildi.

O’xshash modellardagi qo’shimcha badiiy konstruktiv belgilar tahlili.

Zamonaviy 2019-2020 yillardagi moda yo’nalishiga asoslanib quyidagi qo’shimcha badiiy konstruktiv belgilarni o’rganib chiqdik. Bular cho’ntaklar, yoqalar, furnitura, taqilma va boshqalar.

Bolalar ko’ylagining asosiy ko’rki yoqalar hisoblanadi. Shunga muvofiq qaytarma yoqalar tahlil qilingan modellarning 30% iniqamrab oldi,. Tik yoqa modellar esa 10% ni tashkil qildi.

Cho’ntaklarga to’xtaladigan bo’lsak, ular turlichadir. Misol uchun: qoplama cho’ntak, klaponli, ramka qirqimli, listochkali, chokdagi cho’ntak va yana boshqalar ustki kiyimlarda ko’plab uchraydi. Kklaponli va listochkali cho’ntaklar esa nisbatan ko’proq uchradi, ya’ni 20%. Shuningdek cho’ntaksiz modellar ham uchradi va ular nisbatan ko’proq yani 40% ni tashkil qildi. Kombinizon va ko’ylaklarda ko’proq qo’llanilgani qoplama cho’ntaklar esa 30% ni qamrab oldi.

Furnituralar kichik detallar bo’lsa ham libosning tashqi ko’rinishiga o’ziga hos dekorativlik beradi. Xususan eng ko’p uchragani tugmalar bo’ldi va tahlil modellarning 90% ida uchratdik. Kundalik ishlatishda qulay bo’lganligi sababli knopkalar 10% modellarda uchradi. Molniya taqilma esa tahlil qilingan modellarning faqatgina 10% dagina uchradi. Taqilmalarning qanday qo’llanilgani kiyimning tashqi ko’rinishiga ham ta’sir etadi. Ular ochiq yoki ko’rinmas tarzda joylashtirilishi mumkin. Kiyimlarning ko’rkiga ko’rk qo’shuvchi ochiq taqilmalar, tahlil modellarimizda 90%dan uchradi.

Konfeksion xarita.

Konstruksiyalash uslubini tanlash va asoslash.

Kurs ishi doirasida Yasli yoshidagi og’il bolalar komplekti modeli tikish uchun “Myuller va o’g’li” konstruksiyalash tizimi tanlandi. Sababi mazkur tizim belgilashda raqamlarga tayanganligi va mijozlarning antropometrik o’lchamlari maxsus jadvalda keltirilganligi bilan qulaylik tug’diradi “Kelajak tuzumi” yoki “Muller tizimi” yaratilgan tizimlardan eng muvaffaqiyatlilaridan biri edi. Maykl Myuller o’lchamlarni olishda raqamning turli anatomik xususiyatlarini aniq hisoblab chiqadi. Ushbu aniq geometrik usulda hech qanday tizim yo’q edi, u tanani segmentlarga bo’lib, uning xususiyatlarini uzunlik va kenglik o’lchovlariga aylantirdi. Trend va tendensiyalar o’zgarib borgani sari har qanday tizimning ham mukammallashib borishi talab qilinadi. Shu jumladan M. Myuller va O’g’li tizimi ham takomillashtirildi. Ushbu texnikani o’zlashtirish oson va u vaqtni tejaydi, shuningdek foydalanish ham qulay.

Myuller kompaniyasi hozirgi kunda ham mavjud. Ushbu texnika ko’pgina ustaxonalarda qo’llaniladi va moda dizaynerlari va sanoat ishlab chiqaruvchilari orasida eng mashxuri hisoblanadi. Escada, Stailmann, Hugo, Bossdan ham mazkur texnikadan foydalanadi.Shuningdek mazkur tizimdan ishlab chiqarishda, individual libos tayyorlashda, tipavoy qomat uchun modellar tayyorlashda va Saprlarda ham foydalaniladi. “Myuller va o’g’li” konstruksiyalash tizimining o’ziga hos yana bir qulayligi shundaki, unda yeng pasatkasining miqdori ham aniq hisoblanadi.

“Myulle va o’g’li” konstruksiyalash tizimi mijozning jismoniy ko’rsakichlariga mos kelishiga qaratilganligi sababli, zarur hisob-kitoblarkeng miqyosli antropometrik tadqiqotlar natijalariga ko’ra davriy ravishda yangilanadi.

Yasli yoshidagi og’il bolalar koftasi bichim bo’laklar

spetsifikatsiyasi.

No. Bo’lak nomi. Soni.
Andazada. Bichimda.
1. Old bo’lak 1 2
2. Ort bo’lak 1 1
3. Yeng qismi. 1 2

Yasli yoshidagi og’il bolalar kombinizoni bo’laklari spetsifikatsiyasi.

No. Bo’lak nomi. Soni.
Andazada. Bichimda.
1. Old bo’lak 1 1
2. Ort bo’lak 1 1
5. Cho’ntak qopi 1 2

Qotirma bo’laklar.

No. Bo’lak nomi. Soni.
Andazada. Bichimda.
1. Old bo’lak. 1 2
3. Yoqa qotirmasi. 1 1
4. Cho’ntak qotirmasi. 1 2

Foydalanilgan adabiyotlar.

Shavkat Mirziyoev “«Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni”nutqi

“O’zto’qimachiliksanoat”uyushmasi matbuot xizmati

Internet axborotlaridan foydalanildi:

Bolalar kiyimini formalar va modalar tobora ko’payayotganligi katta yoshdagi kishilar kiyimining turlari ko’lamda formalari ko’payishi bilan chambarchas bog’liq. Hozirgi bolalar kiyimining asosiy sifat ko’rsatkicharidan biri uning funktsionalligidir. Kiyimning funktsionalligi umumiy tushuncha bo’lib, kiyimning konstruktiv va estetik xarakteristikasini, unga qo’yiladigan fiziologik, sotsial va texnologik talablarni o’z ichiga oladi. Yasli yoshidagi bolalarning kiyimlari juda erkin, harakatlanishni qiyinlashtirmaydigan va qulay bqlishi lozim.

Ushbu “Yasli yoshidagi og’il bolalar komplekti modeli” mavzusidagi amaliyot ishini bajarish davomida men mavzu yuzasidan zamonaviy moda va uslub yo’nalishini o’rganib chiqdim. Tikilayotgan model uchun konfeksion xarita tuzdim. Modelni yaratishdan oldin modellarning vazifasi, matosiga qo’yiladigan talablarni o’rgandim

Model vazifasidan kelib chiqib qanday mato tanlashni o’rgandim. Modelning texnik eskizini chizib uning tashqi ko’rinishiga to’liq tavsif berdim. Ushbu amaliyot ishimda modelni texnologik tikish jarayonlarini bosqichma – bosqich ko’rsatishga harakat qildim.

Xulosa qilib aytganda mazkur bolalar yelka va bel kiyimlari “Yasli yoshidagi og’il bolalar” uchun mo’ljallangan bo’lib, bahor – yoz mavsumida kiyishga tavsiya etiladi.

Material tanlash va asoslash.

Bolalar kiyimlarini tanlashda xavfsizlik va sog’liq uchun zarur shart-sharoitlar mavjud. Bolalar tanasi zaif va ularning qarshiligi yomon, shuning uchun bolalar kiyimlari yumshoq, nafas oladigan, qulay, xavfsiz va sog’lom bo’lishi kerak. Bolalar terisi juda nozik, nafas olish, terlash oson bo’lishi kerak, shuning uchun yaxshi havo o’tkazadigan kiyimni tanlaganimiz maqul. Ba’zi chiroyli kiyimlarning tashqi qatlami odatda kiyimni qayta ishlash jarayonida qoplanadi, bu esa bolaning terisini nafas olishiga ta’sir qiladi, shuning uchun tanlamang.

Shuning uchun ishlab chiqarilgan matolarning ko’rsatkichlari mahsulotning barcha qulayliklaridan, ishonchliligidan va o’lchamdagi barqarorligini ta’minlashdan iborat bo’lgan bir qator talablarga javob berishi kerak. Zig’ir mahsulotlari juda bardoshli, uzoq vaqt tiyilmaydi, ular namlikni yaxshi qabul qiladi va ayni paytda tez quriydi.

Axir, zig’ir, tana uchun konditsioner deb atash mumkin bo’lgan engil materialdir. Bunday mato bilan har doim havo o’tadi.. Bundan tashqari, zig’ir matosidan tayyorlangan liboslar ham nozik, ham to’liq bolalarga mos keladi.

  • parvarish qilish qulayligi;
  • hafiflik;
  • ekologik xavfsiz va tabiiylik;
  • chidamlilik;
  • havodan yaxshi o’tadi;
  • yumshoqlik, tuzilish va rangni yuvgandan keyin saqlaydi;
  • tikish va kesish oson;
  • tabiiy antiseptik.

Mazkur kurs ishini bajarish jarayonida ham shu jihatga alohida e’tibor qaratildi. O’xshash modellarning tahlilida modellarning materialiga e’tibor qilgan holda taklif model uchun mos mato tanlandi va tavsiya etildi. Taklif etilayotgan model yasli yoshidagi bolalarga mo’ljallanganligi uchun kundalik kiyimi tanlandi. Fudbolka va kombinizon. Mazkur libos uchun uni yengil va qulayligini oshirish uchun havo o’tkazuvchan tabiiy zig’ir mato tanlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Kombinizon ichidan esa bejirim va qulay bolgan fudbolka uchun hb trikotaj mato tavsiya etiladi. Har ikkala matoning kirishishini inobatga olgan holda tikish jarayonini boshlashdan oldin bug’da dazmollab olish tavsiya etiladi. Bolalarning bejirim kiyimi bo’lmish kombinizin shimlardan o’zining qulayligi va g’ayrioddiyligi bilan ajralib turadi, u harakatni cheklamaydi va tanada erkin turadi.

Tavsiya etilayotgan model bejirim bo’lganligi uchun, mato zamonaviy moda yo’nalishiga ham mos tushadi va istalgan shaklni chiqarishda qulaylik tug’diradi, hamda texnalogik ishlov berish jarayonida cho’zilmasligi sababli juda qulay hisoblanadi. Shakl chiqarishda qulayligi va havo o’tkazuvchanligi tufayli ham ushbu mato modelga mos hisoblanadi. Mazkur yo’nalishdagi bolalar kombinizoni har qanday bollarning garderobida mavjud bo’lishi kerak, chunku u haraktni cheklamaydi balki bolaga yanada quvnoq zavq bera oladi.

Taklif modellar tasnifi.

Olib borilgan tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda, zamonaviy 2019-2020- yil moda tendensiyalariga mos Yasli yoshidagi og’il bolalar komplekti modellari ishlab chiqildi. Ushbu modellarni taqdim etishda urfda bo’lgan siluet, uslub, uzunlik, yoqalar, cho’ntaklar, furnituralar xarakteri e’tiborga olindi.

Birinchi taklif modelga tasnif.

Mazkur model yasli yoshidagi bolalarga mo’ljallangan bo’lib, klassik uslubda va nimyopishgan siluetga ega. Modelni kundalik kiyim sifatida ham, tadbirlar uchun ham moslab kiyish mumkin, unga mos trendda bo’lgan moviy rang tavsiya etiladi.

Yengni o’tqazishda o’tqazma yengdan foydalanilgan. Model shimining uzunligi sifatida esa tahlil natijalaridan kelib chiqqa holda maksi uzunlik taklif etiladi.

Old qismi modellashtirilgan holda 2ta qismdan iborat.Oldida taqilma lentasi bor va markazda joylashgan, taqilma sifatida metrli rezinkadan foydalanilgan. Qo’shimcha badiiy konstruktiv belgilariga tuxtaladigan bo’lsak, cho’ntagi keng bichimga ega. Ichki fudbolkasi old bolak ort bo’lak va yengdan iborat. Bo’yin o’mizi tortburchak o’yilgan, va orqa cho’ntaklar mavjud.

Ikkinchi taklif modelga tasnif.

Mazkur model yasli yoshidagi bolalarga mo’ljallangan bo’lib, kundalik libos sifatida kiyishga mos tushadi. Mazkur libos ham nimyopishgan siluetga ega. Libos bel qismi yelkaga ulanganligi tufayli kombinizon turiga kiradi. Kombinizon uchun djinsi matosi, havorang tavsiya etiladi.

Yengi o’tqazma yengli bo’lib, uzunligi yelkadan biroz tushgan tirsakga yetmaydi. Kombinizonning uzunligi tizzagacha.

Old qismi modellashtirilgan holda 2ta qismdan iborat. Ushbu taklif modelda kombinizonning old qismida qoplama cho’ntak qo’llanilgan. Beldan pastki qismida ham ichki cho’ntak qollanilgan. Furnitura sifatida kumush rang tugmalardan foydalanilgan bo’lib, ular ko’krakning yon qismi va belning yon qismida joylashtirilgan, shuningdek bezak vazifasini bajaruvchi choklar ham mavjud Taqilmasida 8ta tugma qo’llanilgan. Mazkur modelda ham orqa cho’ntaklar mavjud. Kombinizonning ichidan klassik uslubdagi koylak tavsiya etilgan. Uning yoqalari qaytarma yoqa old bolak ikki qismdan iborat old bolak markazida belgacha tushgan taqilma va izmalar mavjud. Hamda koylakda bezak choklar qo’llanilgan

Uchinchi taklif modelga tasnif.

Mazkur model yasli yoshidagi bolalarga mo’ljallangan bo’lib, klassik uslubda va nimyopishgan siluetga ega. Modelni kundalik kiyim sifatida ham, tadbirlar uchun ham moslab kiyish mumkin, unga mos trendda bo’lgan qaymoq rang va unda geometrik shakldagi matochalar orqali bezak berilgan mato tavsiya etiladi.

Old qismi beldan tepa va shim qismlarga bo’lingan bo’lib,ular o’zaro bir biriga ulangan kombinizon hizoblanadi.Mazkur modelda belbog’ sifatida manjet tikilib, ichki qismiga kiyishga qulay bo’lishi uchun rezinkadan foydalanish iste’molchining istaklaridan kelib chiqqan holda tavsiya etilaadi. Model tizadan biroz pastga tushgan uzunlikga ega. Kombinizonning old qismi ikki bo’lakdan iborat bo’lib ularning ikkisining orasida yani markazida biroz masofa qolgan mahsus dekorativ lentalar bilan biriktiriladi bu bezak vazifasini bajaradi.

Modelning shim qismida cho’ntaklar mavjud bo’li byon chokda joylashtirilgan.

Modelning ort qismi modellashtirilgan holda yelka qismi va kurak qismlari chuqur o’yilgan korset ko’rinishiga ega old qismidan o’tgan yelka matosi ort qismga borib ulangan. Harakat erkiligini ta’minlash uchun kombinizonning ichidan sport uslubidagi fudbolka tikilgan. U old bo’lak ort bo’lak va yengdan iborat.

Bolajonlar Ushun To Qilgan Kiyimchalar – Скачать mp3 бесплатно

Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Bolajonlar Ushun To Qilgan Kiyimchalar в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию Bolajonlar Ushun To Qilgan Kiyimchalar длительностью 1 мин и 13 сек, размер файла 1.60 MB.

Сейчас слушают

Bolajonlar Ushun To Qilgan Kiyimchalar

Ben Seni Yillarja

Thunder Love Lucho Remix Olivver The Kid Lucho

Jan Van Der Roost Canterbury Chorale

Prettyboysketchi Fun Things Are Fun Feat Lovemark

Ну Все Теперь Придется Мыться Целиком

Sub Killaz Rap Music

On The Quarterdeck The Central Band Of The Royal British Legion Captain David Cole

Kid Crave Too Loud

Тойдо Уят Болгондор

Indian Summer S I M

Azad Immer Wenn Es Regnet

Dipzy Booties Per Minute

Hate You Jim Yosef Riell

Николай Арутюнов Этикет Финал Голос60 Сезон 1

Мне Так Хочется Ночью Тебе Позвонить

Qiziqarli malumotlar
Toqilgan bolalar kiyimi