TOPINAMBUR

TOPINAMBUR

TOPINAMBUR, yernok (Helianthus tuberosus L.) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimlik, tuganak mevali yemxashak ekini. Vatani — Shim. Amerika. Yevropaga 17-a. boshlarida keltirilgan. Rossiyada 18-a. da tarqalgan. Oʻzbekistonda silosbop ekin sifatida ekiladi. Poyasining koʻrinishi kungaboqarnp eslatadi. Yer osti poyalarida 20—70 ta noksimon (yernok nomi shundan), choʻzinchoq, urchuqsimon va sirti silliq yoki burushikdi tuganak hosil boʻladi. Ildizi popuksimon, tuproqqa 2—3 m kirib boradi. Boʻyi 1,2—2,5, baʼzan 4 m gacha. Barglari bandli, tuxumsimon, gullari savatchatoʻpgulga yigʻilgan. Mevasi pista, 1000 dona pistasi vazni 7—8 g.

Ensiklopediya.uz
TOPINAMBUR