Top 20: Yangi boshlovchilar uchun eng yaxshi kichik tadbirkorlik bizneslari

Top 20: Yangi boshlovchilar uchun eng yaxshi kichik tadbirkorlik bizneslari

Top 20: Yangi boshlovchilar uchun eng yaxshi kichik tadbirkorlik bizneslari

DO`STLARGA ULASHING:

Yangi ish boshlash odamni ozgina qo’rquvga solishi bilan birga puxta o’ylangan rejalarni ham talab qiladi. Hozir e’tiboringizga kichik bo’lsa ham yaxshigina foyda keltiradigan bizneslar ketma-ketligini havola etamiz. Kichik tadbirkorlikka qadam qo’yayotganda shuni esda tutish kerakki; birinchidan bu kichik! ikkinchidan foydaga chiqib olguncha minimal chiqim qilish maqsadga muvofiq.

1. Yoga markazi

 

Bugungi kunda odamlar o’z sog’liklari va qaddi-qomatlari haqida ko’proq o’ylamoqdalar. Bunday markaz ochish uchun internetdan barcha ma’lumotlarni topib minimal sarmoya kiritsangiz kifoya.

2. Kichik ovqatlanish markazi

Bunday markazda siz nafaqat tashrif buyuruvchi xo’randalarga, balki maxsus tashkil qilingan kecha va marosimlarda xizmat ko’rsatuvchi kichik tashkilot sifatida ham faoliyat yuritishingiz mumkin. Bunday biznes ham nisbatan kichik sarmoya talab qiladi.

3. Sayyohlik agentligi

Sayohat — hech qachon to’xtamaydi. Demak uning asosiga qurilgan biznes ham o’lmaydi. Sayohatga chiquvchi odamlar har doim topiladi va yetarli mablag’ga ega bo’ladi.

4. Fast Food do’koni

Bugungi kunda bunday bizneslar ko’payib ketgan bo’lsa ham, har biri o’zining xaridoriga ega. O’ylab ko’ring, bir dona burger 10-15 ming so’m atrofida bo’lsa unga atigi 4-5 ming so’mlik (hattoki undan ham kam) masalliq ketadi. Mahsulotingiz sifatli va mazali bo’lsa, ishoning u o’z xo’randasini topadi.

5. Shokolad kafesi

«Har qanday narsa mazali agarki u shokolatdan tayyorlangan bo’lsa» Deyarli hamma bunday mahsulotga befarq emas. Yurtimizning hamma yerida ham faqat shokolatdan iborat mahsulot taqdim etadigan kafelarga ko’zingiz tushavermaydi. Bu esa biznes boshlash uchun yaxshi sabab.

6. Fitness dasturlar

Siz qimmat fitness jihozlarini sotib olishingiz shart emas. Sizning biznesingiz ushbu jihozlardan samarali foydalanishni o’rgatish xizmatini taklif qiladi. Boshlanishida o’zingiz, keyinchalik xodimlaringizni ko’paytirib biznesingizni kengaytirasiz.

7. Bir xil mahsulotli restoran

Faqatgina bitta mahsulotdan foydalanib taom taklif qiladigan restoran juda serdaromad va oddiydir. Masalan, faqat go’shtdan, yoki faqat guruchdan tayyorlanadigan taomlar sizning restoraningizni shaharda yagonaga aylantiradi.

8. Hosting xavfsizlik ta’minotchisi

Odamlarning shaxsiy kompyuterlarini xakerlardan, Troyan viruslardan, josus darsturlardan himoya xizmatini taklif qiladigan bizneslar ham hozirda ko’p emas.

9. Ma’lumotni tiklash

Katta bizneslar uchun ularning ma’lumotlarini saqlaydigan serverlar yarating va ularning ma’lumotlarini tiklashda ko’maklashing. Hozirda bu IT sohasidan kichkina biznes bo’lsada oddiy «Data Backup» katta foyda keltiradi.

10. Kuzatuv kameralari

Hozir hamma yerda «ko’zlar» bor. Bunday «ko’zlar» savdosi esa yaxshigina daromad keltiradi. Kuzatuv kameralari deyarli hamma soha vakillariga kerakdir.

11. Massaj

Kerakli kadrlarni topib o’zingizning agentligingizni tuzing. Ozgina reklama va biznes gullaydi. Yuqorida aytilganidek, bugungi odamlar o’zlarini yanayam ko’proq yaxshi ko’rishadi.

12. Uy ishlarida xizmatchilarni taklif etish

Bunday agentlikka asos solib siz, uy ishlarida kerak bo’ladigan har qanday xizmat turi; santexnik, farrosh, o’t o’ruvchi va boshqa ko’plab xizmatlarni taklif etasiz.

13. Yosh bolalar ta’lim va tarbiya dasturlari xizmati

Agentlikning ham sayyor ham muqim xizmatlarini tashkil etish, biznesingiz rivojini ta’minlaydi.

14. Dasturlar va mobil ilovalar ta’minoti

Bunday biznesni yo’lga qo’yish uchun yosh bo’lsa ham malakali IT mutaxassislarni topsangiz kifoya. Marketing menejeri vazifasini o’zingiz qilsangiz ham bo’ladi. Asosiysi mijozlarni jalb etish, uyog’i dasturchilarning mahorati.

15. Konsalting xizmatlari

Biznesning turli sohalari bo’yicha mutaxassislarni yig’ib ishga oling va agentligingizni reklama qiling. Ekspertlar o’zlarining sohasi bo’yicha konsulting xizmatlarini taklif qilishadi.

16. Mashina va uning ehtiyot qismlari oldi-sottisi

Shaharda nima ko’p — mashina ko’p. Bir necha yuz minglab mashinalarga har kuni shuncha ehtiyot qism kerak bo’ladi. Demak, o’ylashga arziydigan biznes.

17. Mashina yuvish markazi

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, gavjum shaharda bunday markazni tashkil etish tomib, tomib katta foyda keltiradi.

18. Internet provayder

Shaharlarda bunday provayderlar ko’p bo’lishi mumkin. Lekin esdan chiqarmanki foydalanuvchilar undan ham ko’p. Bozorda albatta sizga joy yetarli bo’ladi.

19. Mebel biznesi

Yaxshi duradgor yollab, mazkur biznesni yo’lga qo’ying. Faqat buyurtmaga emas balki bozor uchun ham ishlasangiz, foyda ikki baravar bo’ladi.

20. Suv

Toza suvni kreativ qadoqlab sotishni yo’lga qo’ysangiz biznesingizni kichik deb bo’lmay qoladi.

Top 20: Yangi boshlovchilar uchun eng yaxshi kichik tadbirkorlik bizneslari