TOMOGRAFIYA
TOMOGRAFIYA (yun. tomos — qavatmaqavat va…grafiya) , biotoniya, laminografiya — murakkab rentgen tekshirish usuli; T. da tekshirilayotgan aʼzoning qavatmaqavat surati olinadi. Tomografiya patologik jarayonning joylashgan oʻrni, chuqurligi, bemorni yotqizish va tegishli qavatni hisoblash, texnik sharoitlarni aniqlash va suratlar olishdan iborat. Tomografiya rentgen trubka bilan plyonka joylashgan kassetaning bir vaqtda bir-biriga nisbatan qaramaqarshi harakat qilishi (siljishi)ga asoslangan; bunda bemor qimirlamay yotishi lozim. Ikki kavat orasidagi masofa — tomofafik qadam hajmi obyektning qalinligiga bogʻliq, mas, oʻpka uchun bu qadam 0,5 dan 2 sm gacha va undan koʻproq boʻlishi mumkin. Tomografiya toʻgʻri, yon va koʻndalang holatlarda hamda notipik holatda qilinada, u patologik jarayonning joylashgan oʻrni, shakli, kattaligi, tuzilishi va uning atrofidagi aʼzolar hamda toʻqimalar bilan munosabati toʻgʻrisida toʻlatoʻkis maʼlumot beradi. Tomografiyada koʻp qavatli (simultan) kasseta ishlatilishi ifodaning bir yoʻla bir necha qavatini olishga imkon beradi, tekshirish vaqtini qisqartiradi va bemorning nurlanish dozasini anchagina kamaytiradi. Tomografiya nafas aʼzolari, yuraktomir, skelet sistemasi, qorin boʻshligʻi va b. aʼzolarda uchraydigan oʻsmalar hamda turli kasalliklarni aniqlashda keng qoʻllanadi. Hoz. kompyuter T. va magnitrezonans Tomografiya keng rayem boʻlgan, bu kasallik oʻchogʻi qaysi qavatda joylashganligini aniq belgilash imkonini beradi.
Ensiklopediya.uz
TOMOGRAFIYA