TO’MARIS haqida

TO’MARIS haqida
tomaris haqida 65cb302b0b3aa

page 4

TO’MARIS haqida

Mundarija скрыть
TO’MARIS haqida
DO`STLARGA ULASHING:
To’maris— (mil. avv. VI asr) — Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. Qad. yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» (mil. av. 5-a.) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi Kir II mil. av. 530 yilda Turonga bostirib kirganida, To’maris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. To’maris massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan.Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini bilan massagetlar oʻrtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda To’marisning oʻgʻli Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar xiyla yoʻli bilan Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Spargalis oʻzini oʻldirgan. To’maris oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan. Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafeilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: «Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻqlari tugagach, ular nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzoq, vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29 yil shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (T.)ning buyrug’i bilan uning kesilgan boshi inson qoni bn toʻlgʻazilgan meshga solingan». To’marisning jasorati va harbiy-siyosiy faoliyati toʻgʻrisida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar toʻqildi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan Hodi Zarifov yozib olgan «Oysuluv» dostonida Turon mamlakatining podshosi Oysuluv obrazida To’marisfaoliyati oʻzining badiiy talqinini topgan. Yozuvchi Mirkarim Osim «To’maris» qissasida uning jasoratini ulugʻlaydi. Ibrohim Yusupov «Toʻmaris» (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulugʻbek Musayev shu nomli balet (1982)ni sahnalashtirgan. Oʻzbekistonda ayollar oʻrtasida «Toʻmaris oʻyinlari» festivali oʻtkazilmoqda.

DO`STLARGA ULASHING:

To’maris— (mil. avv. VI asr) — Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda.  Qad. yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» (mil. av. 5-a.) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi Kir II mil. av. 530 yilda Turonga bostirib kirganida, To’maris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. To’maris massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan.Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini bilan massagetlar oʻrtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda To’marisning oʻgʻli Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar xiyla yoʻli bilan Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Spargalis oʻzini oʻldirgan. To’maris oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan. Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafeilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: «Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻqlari tugagach, ular nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzoq, vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29 yil shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (T.)ning buyrug’i bilan uning kesilgan boshi inson qoni bn toʻlgʻazilgan meshga solingan».
To’marisning jasorati va harbiy-siyosiy faoliyati toʻgʻrisida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar toʻqildi.
Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan Hodi Zarifov yozib olgan «Oysuluv» dostonida Turon mamlakatining podshosi Oysuluv obrazida To’marisfaoliyati oʻzining badiiy talqinini topgan.
Yozuvchi Mirkarim Osim «To’maris» qissasida uning jasoratini ulugʻlaydi.
Ibrohim Yusupov «Toʻmaris» (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulugʻbek Musayev shu nomli balet (1982)ni sahnalashtirgan.
Oʻzbekistonda ayollar oʻrtasida «Toʻmaris oʻyinlari» festivali oʻtkazilmoqda.

TO’MARIS haqida