TOM
TOM — RF Xakasiya Respublikasidagi daryo, Ob daryosining yirik oʻng irmogʻi. Uz. 827 km, havzasining mayd. 62000 km2. Abakan tizmasining gʻarbiy yon bagʻridan boshlanadi. Qoryomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 1110 m3/sek. Okt. — dekabr boshlaridan apr. oxirigacha muzlab yotadi. Yirik irmoklari: chapda — MrasSu, Kondoma, Unga; oʻngda — Usa, Taydon va b. T. ning quyilish joyidan Tomsk sh. gacha kema qatnaydi. Yogʻoch oqiziladi. Tom havzasida Kuznesk kumir havzasi mavjud. Tom boʻyida Novokuznesk, Kemerovo, Tomsk sh. lari joylashgan.
Ensiklopediya.uz
TOM