TOLUKA
TOLUKA, TolukadeLerdo — Meksikaning markaziy qismidagi shahar, Toluka togʻ oraligʻi havzasida, 2680 m balandlikda joylashgan. Mexiko shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 665,6 ming kishi (2000). Transport yoʻlari tuguni. Tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, elektrotexnika, kimyo, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Unt, muzeylar bor. Kurort va turizm markazi. Shaharga indeyslarning qad. shahri oʻrnida asos solingan, 1520-y. dan shahar maqomiga ega.
Ensiklopediya.uz
TOLUKA