TOLSTOV Sergey Pavlovich
TOLSTOV Sergey Pavlovich (1907.25.1, Peterburg 1976.28.12, Moskva) — arxeolog va etnograf. Oʻrta Osiyo va Sharq mamlakatlari tarixi, etn. va arxeologiyasi boʻyicha mutaxassis, prof. SSSR FA muxbir aʼzosi (1953), Oʻzbekiston FAning faxriy akad. (1956). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi. Tojikiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarida xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Moskva untini tugatgan (1930), SSSR xalklari muzeyida ilmiy xodim (1929—36). Moskva unti tarix ftining etn. kafedrasi mudiri (1939—51). SSSR FA Etnografiya inti direktori (1942—66), koʻp jildli «Jahon xalqlari» («Narodы mira») kitobi mualliflaridan biri va muharriri. Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasittg tashkilotchisi va rahbari (1937—69). Oʻrta Osiyo xalqlari arxeologiyasi, ibtidoiy, qad. va oʻrta asr din tarixi, ijtimoiy tuzumi, etnogenezi boʻyicha ZOOdan koʻproq ilmiy ish muallifi. Tolstov antropologiya va etn. fanlari Xalqaro ittifoqining vitseprezidenti, Buyuk Britaniya Qirolligi antropologiya inti va b. koʻpgina chet el ilmiy tashkilotlari faxriy aʼzosi.
Ensiklopediya.uz
TOLSTOV Sergey Pavlovich