TOLMOZOR ADIRI

TOLMOZOR ADIRI

TOLMOZOR ADIRIFargʻona botigʻining jan. qismidagi adir (Fargʻona viloyati hududida). Shim. da AravonShahrixon daryolari yoyilma konuslari, jan. da Yormozor adirorti botigʻi bilan chegaralangan. Gʻarbda Qopchigʻay, sharqda Polvontosh adirlari bilan tutashib ketadi. Eng baland joyi 712 m. Shim. yon bagʻri uzun va qiyaroq, jan. yon bagʻri qisqa, tikroq. Yon bagʻirlari koʻplab quruq soylar va jarliklar bilan kesilgan. Tektonik jihatdan braxiantiklinal struktura. Paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr konglomerat, gil, qumtosh, mergel, shagʻal toshlaridan tashkil topgan. Ular baʼzi joylarda lyoss jinslari bilan krplangan. Adir yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan. Iklimi kontinental, yozi issiq. Yillik yogʻin 200—300 mm. Tuprogʻi boʻz tuproq. Rang, qoʻngʻirbosh, shaytonkovush va b. oʻsimliklar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan kalamush, qoʻshoyoq, boʻrsiq, jayra, tulki, ilonlar, kaltakesaklar va b. uchraydi. Adir hududi yaylov sifatida foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
TOLMOZOR ADIRI