TOLISH XONLIGI haqida to’liq ma’lumot oling
TOLISH XONLIGI — Ozarbayjondagi tolishlar davlati. Nodirshoh davlati parchalanishi natijasida 18a. oʻrtasida Kaspiy dengizining jan. gʻarbiy sohilida barpo etilgan. Asoschisi — Sayd Abbos, mahalliy mulkdorlardan boʻlgan. Uning vafotidan soʻng oʻgʻli Gara taxtga oʻtirgan (1747 — 86). Iqtisodiyoti asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan; xonlik poytaxti Lenkoran savdo va xunarmandchilik markaziga aylangan. Eron tomonidan qilinayotgan doimiy tajovuzlar tufayli Tolish xonligi tashki siyosatda Rossiya bilan yaqinlashishga harakat qilgan. 1795-y. xon Mir Mustafo Rossiyadan homiylik qilishini soʻrab murojaat qilgan. 1802-y. T. x. ni Rossiya oʻz vasiyligiga olgan. 1828-y. gi Turkmanchoy bitimiga koʻra, esa Rossiya Tolish xonligini butunlay oʻz hududiga qoʻshib olgan.
Malumotlar
TOLISH XONLIGI