To`liq bosqichda emlangan insonda koronavirus yuqsa ham engil o`tadi — mutaxassis

To`liq bosqichda emlangan insonda koronavirus yuqsa ham engil o`tadi — mutaxassis

SSV Matbuot xizmati koronavirus va vaksinasiya haqidagi savollar bilan Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar HUSANOVGA murojaat qildi.

— Bugun odamlar orasida “koronavirusga qarshi vaksina olsa ham kasallanish mumkin ekan”, degan gap-so`zlar yuribdi. Bu qanchalik to`g`ri?

— Shuni aytish kerak, hozirda olinayotan barcha vaksinalar koronavirusning mavjud shtammlaridan himoya qila oladi. Eng asosiysi, “COVID-19”ga qarshi emlanish kasallikning noxush va og`ir asoratlaridan asraydi. To`g`ri, ayrim hollarda vaksina olgandan keyin ham kasallanish mumkin, biroq bu holat asosan vaksinasiyaning faqatgina birinchi bosqichidan o`tgan, ya`ni uni belgilangan tartibda to`liq  olmagan insonlarda kuzatiladi.

Xususan, ayni paytda shifoxonamizda davolanayotgan 11 nafar bemor aynan birinchi vaksinasiya bosqichidan so`ng shifoxonaga murojaat qilgan bo`lib, ularning immun tizimida neytrallovchi antitanachalarning (Nab) titri hali to`liq shakllanmagan davrda kasallanish yuz bergan. Biroq shunday bo`lgan taqdirda ham bunday bemorlarda xastalik engil va simptomlarsiz o`tadi. Ya`ni, og`ir asoratlar va o`lim holatiga olib kelmaydi.

Aslida esa koronavirusga qarshi immunitet vaksinaning ikkinchi yoki uchinchi dozasidan so`ng 3 hafta davomida shakllanadi. Shu davrda emlangan inson o`zini shaxsiy muhofaza qilishi o`ta muhimdir.

Shu ma`noda, koronavirus infeksiyasi tufayli og`ir ahvolga tushib qolgan bemorlarni davolayotgan shifokor sifatida barcha yurtdoshlarimizdan vaksinasiya tadbirlariga jiddiy e`tibor berishlarini so`ragan bo`lardim.

 

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
To`liq bosqichda emlangan insonda koronavirus yuqsa ham engil o`tadi — mutaxassis