«Tolibon» harakatining yillik daromadi qancha?
«Tolibon» harakatining yillik daromadi qancha? «Tolibon» harakatining asosiy daromadi giyohvand moddalar savdosi, tog‘-kon qazilmalari, soliq va bojlardan keladihan yillik daromadi $1,6 milliardni tashkil etadi. «Tolibon» harakati bu pulning katta qismini maosh, qurol-yarog‘ xaridi va harakat jangarilarini o‘qitishga sarflashi ta’kidlangan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yili Afg‘onistonning budjeti $5,5 milliardni tashkil qilgan. Qayd etilishicha, Afg‘oniston dunyodagi opiy giyohvand moddasining 84 foizini yetishtiradi. 2020 yilda mamlakat konlaridan olingan foyda taxminan $464 millionni tashkil etgan. Bundan tashqari, «Tolibon» harakati o‘z nazoratidagi yo‘llarda haydovchilardan, shuningdek, sotuvchilardan har yili qo‘shimcha $160 million pul yig‘ishi qayd etilgan. Ma’lum bo‘lishicha, harakat mamlakatga olib kiriladigan tovarlarga o‘z xohishiga ko‘ra boj soladi.«Tolibon» harakatining yillik daromadi qancha?
DO`STLARGA ULASHING:
«Tolibon» harakatining yillik daromadi qancha?