Tolib Yo‘ldosh haqida to’liq malumot oling

Tolib Yo‘ldosh haqida to’liq malumot oling

Tolib Yo‘ldosh haqida

Tolib Yo‘ldosh

Tavallud topgan sana:
1918 yil

Vafot etgan sana:
2002 yil

Tug’ilgan joy:Toshkent

Yo’nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

  • tolib yoldosh haqida 3

Tarjimai hol

Tolib Yo‘ldosh bolalar va kattalarning ardoqli shoiri bo‘lgan. She’riy to‘plamlarida beg‘ubor yoshlar qalbi, ularning orzu-maqsadlari, intilishlari, quvonch va tashvishlari o‘zining yorqin ifodasini topgan. Kattalar uchun falsafiy mavzudagi hajviy to‘rtliklar yozgan. Mustaqilligimizning 7-yilligi munosabatida Tolib Yo‘ldosh “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

Tolib Yo‘ldosh 1918 yili Toshkentning Chilonzor mavzei Gulbozor mahallasida, oddiy mehnatkash oilada dunyoga kelgan. 40 yoshigacha savod nima ekanligini bilmaydi va ta’lim olishga qaror qilib, kechki kurslarda ta’lim oladi. 2002 yil vafot etgan.

U, asosan, kattalar uchun falsafiy ma’nodagi to‘rtliklar va sakkizliklar yozgan. Ular “Oshiq ko‘ngil” (1974), “Yetuklik”, “Yillar va o‘ylar” kabi she’riy to‘rlamlardan joy olgan.

Tolib Yo‘ldosh hajviy janrda ko‘p ijod qilgan. Ular “Mushtum” jurnalining arxivida saqlanib keladi. Jumladan, “Ajabsanda” to‘plami alohida mashhur. Shuningdek, u g‘azalshunos sifatida ham tanilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor u haqda “u o‘z qalbining amriga bo‘ysunib yozganligi uchun ham shoirlar orasida hurmatga sazovor bo‘lgan”, deya yozgan.

Tolib Yo‘ldoshning birinchi she’riy to‘plami “Bo‘ri bilan chol” 1943 yilda chop etilgan. “Shundan beri, — deb yozadi shoir tarjimai holida, — qirqqa yaqin to‘plam nashr ettirdim, yarmi bolalarga, yarmi kattalar uchun”.

Tolib Yo‘ddoshning “Baxtiyorlar qo‘shig‘i”, “Porloq erta”, “Polizda”, “Do‘mboqlar”, “Koptok nega qochadi”, “O‘smirlik o‘ylari”, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Quyosh bilan suhbat” kabi yigirmaga yaqin she’riy to‘plamlarida beg‘ubor yoshlar qalbi, orzu-maqsadlari, intilishlari, quvonch va tashvishlari o‘zining yorqin ifodasini topgan.

Shoirning bolalarga bag‘ishlangan ko‘pchilik she’rlari Z.Diyor, Q.Muhammadiy va Q.Xikmat kabi shoirlarning she’rlari kabi sodda, ravon va aniq badiiy ifodaga ega ekanligi bilan e’tiborlidir. Uning ayrim she’rlari tabiatga bag‘ishlangan, o‘zining “To‘rt fasl” nomli she’rida barcha fasllarni kuchli she’riy mahorat ila ifodalab bergan.

She’rlar bilan birga, u ertaklar va ertak-dostonlar ham qoldirgan. Ular orasida “Ovchi”, “To‘qlikka-sho‘xlik”, “Xumcha bilan nimcha”, “Qo‘rqoq quyon”, “O‘rmonliklar orzusi”, “Toshmat uchgan” kabilarni aytish mumkin. Bularning barchasi sarguzasht janridadir.

 

Biografiya
Tolib Yo‘ldosh haqida