TOLA OPTIKASI

TOLA OPTIKASI

TOLA OPTIKASIyorugʻlik va maʼlumotlarni optik diapazondagi nur oʻtkazgichlar (nur tolalari) da tarqalishini urganadigan optika boʻlimi. Tola optikasi 20-a. ning 50-y. larida vujudga kelib, 70-y. larning boshida spektrning koʻrinuvchi va infraqizil sohalarida soʻnish koeffitsiyenti 20 dBGʻkm dan kam boʻlgan kvars shishasi olinishi bilan jadal rivojlana boshlagan. Nur tola sindirish koʻrsatkichlari bir-biridan farq qiluvchi silindr shaklidagi shisha yoki plastik oʻzak va uni oʻrab turuvchi qobiqdan tashkil topgan. Oʻzakning sindirish koʻrsatkichi qobiqnikidan katta bulgani uchun, ular chegarasida yorugʻlikning toʻla ichki qaytish hodisasi yuz berib, uzak ichiga kiritilgan nur tashqariga chiqib ketmasdan nur tola ichida tarqaladi. Hyp tola oʻzagining diametri bir necha mikrondan yuzlab mikrongacha, qobiq qalinligi oʻnlab mikrondan yuzlab mikrongacha oʻzgarishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
TOLA OPTIKASI