Toksikoz haqida 9 ta muhim fakt va tavsiyalar
Homiladorlikning birinchi trimestrida qanday parhezni tutish kerak va agar homiladorlikning oxirida toksikoz paydo bo’lsa, nima qilish kerak, bugungi maqolamiz shu haqida.
Mavzu davomida
Toksikozning aniq sababini aniqlash mumkin emas
Ko’pchilik hayron bo’ladi, ammo shifokorlar va olimlar bu savolga aniq javob berolmaydi. Eng keng tarqalgan nuqtai nazar: toksikoz – bu gormonal o’zgarishlarga va hCG (homiladorlik gormoni)ning yuqori darajasiga reaktsiya. Ko’ngil aynishi va qayt qilish homiladorlik bilan bog’liq bo’lmagan boshqa sabablarga ko’ra xam yuzaga kelishi mumkin. Bu qalqonsimon bez yoki jigar kasalliklari sabali bo’ladi. Ideal holda, ular homiladorlikdan oldin davolash kerak.
Agar kundalik hayotda ko’ngil aynish tez-tez uchrasa, homiladorlik paytida og’ir toksikoz bilan kasallanish ehtimoli katta.
Agar sizda ko’ngil aynish ortiqcha ishlar, jismoniy mashqlar, migrenlarga, ba’zi hidlar va ta’mlarga, kontratseptivlarga reaktsiya bo’lsa, u holda homiladorlik paytida toksikoz ehtimoli katta.
Toksikoz homiladorlikning oxirida bo’lishi xam mumkin
Klassik toksikoz homiladorlikning 9 xaftasidan oldin boshlanib, 14 xaftaga qadar tugaydi. Ba’zilarda bu uzoqroq davom etadi va juda kamdan-kam hollarda butun homiladorlik paytida hamrohlik qilishi mumkin. Homiladorlikning oxiridagi ko’ngil aynishlar – bu uzoq davom etgan toksikoz yoki boshqa kasallik: oshqozon yarasi, zaharlanish, qalqonsimon bez kasalliklari bo’lishi mumkin.
Alomatlarga e’tibor bering: agar siz 27-haftada qattiq ko’ngil aynish va (yoki) isitma, qorin og’rig’i, bosh og’rig’i bo’lsa, darhol shifokorga boring.
Toksikoz muzlatilgan homiladorlik bilan bo’lishi mumkin.
Ushbu holat ayolni homila chiqib ketishigacha yoki shifokorlar aralashmaguncha hamroh bo’lishi mumkin. Bunday holda toksikoz muammosiz davom etadi: na kuchayadi va na sekinlashadi.
Juda og’ir toksikoz asosan ayol uchun xavflidir
Kamdan kam hollarda toksikoz xavfli bo’lishi mumkin. Toksikozning og’ir namoyishi – bu tugamas qayt qilishlar. Buning natijasida ayol homiladorlikdan oldingi vaznining 5% gacha vaznini yo’qotadi, suvsizlanib qoladi va organizmda asosiy mikroelementlarning muvozanati buziladi. Bunday holatda ovqatni hazm qilish deyarli imkonsiz tuyuladi. Ayol tanasining kompensatsion mexanizmlari shunchalik rivojlanganki, bu bolaga ta’sir qilmaydi. Ammo bu holatlarda albatta shifokor bilan maslahatlashish kerak. Bunday holatlar yo’qolgan suyuqlikni qayta tiklash uchun statsionar davolanishni talab qiladi.
Uyqu toksikozining namoyon bo’lishini pasaytiradi
Birinchi trimestrda turmush tarzingizni kuzatib boring. Ko’p uxlash sizning ahvolingizni yaxshilaydi. Uy ishlarini orqaga tashlang, tanangiz xohlagancha uxlasin va toza havoda ko’p yuring.
Kichik hajmda va tez-tez ovqatlaning
Ko’pgina homilador ayollar sho’r yoki shirin narsalarni yoqtiradi. Birinchi trimestrda o’zingizni cheklamang, to’g’ri ovqatlanish tarzini keyinroq o’rnatish yaxshiroqdir. Agar ertalab o’zingizni yaxshi his qilmasangiz, turishdan oldin biron bir sho’r narsa yeyishga harakat qiling. Nonushta qilish vaqt talab qiladi, ertalabdan nonushta qilaman deb och yurganingiz esa ahvolingizni yanada yomonlashtirishi mumkin. Birinchi trimestrda kichik ovqatlanishlar qilishdan qo’rqmang. Semechka, limon, zanjabil kimgadir yordam beradi. Iloji boricha ko’proq suyuqlik iching. Agar sizga suv yoqmasa, sharbatlar va kompotlar ichib ko’ring.
Yoqimsiz hidlardan saqlaning
Siz doim yaxshi ko’rgan eringizning tualet suvi homiladorlik paytida teskari ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bu kosmetikaga ham tegishli. Shu bois yoqimsiz hidlardan o’zingizni uzoq tuting.
Toksikozning klassik shaklini oldini olish mumkin emas
Ammo yuqorida biz homiladorlik paytida ko’ngil aynish va qayt qilishlar kasalliklar oqibatida kelib chiqadigan holatlar haqida gaplashdik. Homiladorlikdan oldin tekshiruvdan o’tib, bu holatni o’z qo’lingizga olishingiz mumkin. Homiladorlikni rejalashtirishda shifokor bilan barcha tashvishlaringizni muhokama qiling, ayniqsa, ishtahangiz buzilsa, qorin og’rig’i, terlash, asabiylashish va hokazolar bo’lsa.
Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Toksikoz haqida 9 ta muhim fakt va tavsiyalar