TOK

TOK

TOK (Vitis) — uzumdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik daraxtsimon lianalar turkumi; rezavor meva ekini; Markaziy va Jan. Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikada 60—70 turi maʼlum. Uzok, Sharq, Kavkaz, Oʻrta Osiyo va Jan. Yevropada 7—8 turi keng tarqalgan. Madaniy Tok (V.vinifera) barcha qitʼalarda yetishtiriladi. Jahon boʻyicha tokzorlar mayd. 7426 ming ga, hosildorlik 81,7 s/ ga, yalpi hosili 60687 ming t. Fransiya (871 ming ga), AQSH (350 ming ga) Ispaniya (1,16 mln. ga), Italiya (880 ming ga)da katta maydonlarda yetishtiriladi (1999). Oʻzbekistonda tokzorlar mayd. 140 ming ga, yalpi hosil 516,4 ming t, hosildorlik 51,0 s/ga (2003).

Ensiklopediya.uz
TOK