TOK KESISH

TOK KESISH

TOK KESISH — tokning oʻsishi, rivojlanishi va hosildorligini tartibga solib turish uchun har yili amalga oshiriladigan agrotexnik tadbir. Tok kesish parvarishni yengillashtiradi, yorugʻlik va issiqlikdan oʻsimlikning toʻla foydalanishini taʼminlaydi, ildiz bilan yer ustki qismining oʻzaro mutanosibligini tartibga soladi. Tokka tegishli shakl berish maqsadida oʻtqazilgan yilidan boshlab xar yili kesiladi. Tok tuplarida novdalar yetarli bulmasa, gʻovlab ketadi, yaxshi pishib yetilmaydi, hosil va uning sifati pasayadi, keragidan ortiq qoddirilsa, ular suyet usadi, hosil kam va sifatsiz boʻladi, kasalliklarga chalinadi. Tok kesish qoidalari: novda qancha yoʻgon boʻlsa shuncha uzun qoddiriladi va aksincha. Novda kurtak ustidan qarshi tomonga qiya kilib kesiladi; zang, madang yoki novda butunlay olib tashlanayetganda asosga taqab (toʻnkacha qoldirmasdan) kesiladi; hosil bergan bulturgi novda olib tashlanib, oʻrinbosar novdadan oʻsib chiqqan ikkita novdaning ustkisi hosil, pastkisi urinbosar novda sifatida kesiladi; kuchli usuvchi tok navlarida har ikki hosil novdaga bitta 3—4 kurtakli oʻrinbosar novda qoldiriladi; oʻrinbosar novdadan yangi novda chiqmasa yoki oʻsgani nimjon boʻlsa, hosil beradigan novda bulturgi eng pastki novdadan shakllantiriladi. Tokka kup zangli yelpigʻichsimon shakl berishda har bir tupda 4—6 ta koʻp yillik zang qoldiriladi. Vinobop uzum navlari zangini 6—8 y., xoʻraki uzum navlari zangini 10—12 y. da astasekin almashtirib turiladi.

Ensiklopediya.uz
TOK KESISH