TOJIYEV
TOJIYEV Joʻra (1911 Toshkent 1995.12.6) — Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Ijodiy faoliyatini 1928-y. da Yesh tomoshabinlar teatrida boshlagan. 1930-y. dan Hamza teatrida ishlagan. Asosiy rollari: Alijon (K. Yashin, A. Umariy, «Hamza»), Boris Grigoryevich (A. Ostrovskiy, «Momaqaldiroq»), Hakimjon (Uygʻun, «Navbahor»), Dobchinskiy (N. Gogol, «Revizor»), Shobarot (A. Qahhor, «Tobutdan tovush»), Graf Kent (F. Shiller, «Qaroqchilar»), Valer (Molyer, «Zoʻraki tabib»), Rahmon (K. Yashin, «Yondiramiz»), Rozenkrans, Rodrigo (U. Shekspir, «Xamlet», «Otello»), Abror, Toshpoʻlat (Uygʻun, «Parvona», «Parvoz»), Jamol (A. Qaxdor, «Ayajonlarim»), Joʻra (S. Ahmad, «Kuyov») va b. Qahramonlarining tashqi qiyofasiga, yurishturishiga, mimikasiga koʻproq eʼtibor berish, dilkash va oddiy kishilar qiyofasini boʻrttirib koʻrsatishga intilish Tojiyev ijodiga xosdir. Ayniqsa, «Otello» tragediyasidagi Rodrigo obrazi uning ijodida alohida oʻrin tutadi.
Ensiklopediya.uz
TOJIYEV