TOHIR MALIK

TOHIR MALIK

TOHIR MALIK (taxallusi; asl ismsharifi Hobilov Tohir Abdumalikovich) (1946.27.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (2000). Oʻzbek adabiy fantastikasinkng asoschilaridan biri. Toshkent untining kechki jurnalistika f-tini tugatgan (1969). Quruvchi (1963—64), maktabda oʻqituvchi (1965— 66) boʻlib ishlagan. «Lenin uchquni» gaz., «Guliston» (1975—78), Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda mugʻarrir (1981—82), «Choʻlpon» nashriyotida bosh muharrir (1985—87), «Sharq yulduzi» (1982—85), «Yoshlik» (1989 — 91) jurnalilarida adabiy xodim, masʼul kotib, bosh muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib (1988 — 90). Birinchi yirik asari — «Hikmat afandining oʻlimi» (1972). «Zaharli gʻubor» (1974), «Falak» (1975), «Somon yoʻli elchilari» (1978), «Chorrahada qolgan odamlar» (1982), «Bir koʻcha, bir kecha» (1983), «Alvido, bolalik» (1989), «Soʻnggi oʻq» (1990), «Ov» (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur. «Soʻnggi oʻq» kissasi asosida 7 qismli telefilm (1994) yaratilgan. «Qaldirgʻoch» (1987) epik asari Abdulla Avloniy taqdiri misolida 20-y. lar oʻzbek ziyolilarining shakllanishi haqida bahs yuritadi.

Ensiklopediya.uz
Tohir Malik