TOFALAR haqida to’liq ma’lumot oling

TOFALAR haqida to’liq ma’lumot oling

TOFALAR (oʻzlarini tofa, toxa deb atashadi, ilgarigi nomi — karagaslar) — RFning Irkutsk viloyati, Nijneudinsk rni (Uda, Biryusa, Kan, Gutara, Iya va b. daryolari boʻyi)da yashovchi xalq. 0,7 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Turkiy tillarning uygʻur guruhiga mansub tofa tilida soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, lekin, shomonlik ham qisman saqlangan. Tofalarning shakllanishida Jan. Sibirning ket, turkiy, moʻngʻul va b. qabilalari ishtirok etgan. Bu jarayonda asosiy rolni turkiylarning toba (dubo) qabilalari oʻynagan. Tofalar sharqiy tuvaliklarga — tojinliklarga qarindosh boʻlib, faqat 1757-y. dan keyin ulardan ajralgan. 19-a. ga kelib alohida xalq sifatida shakllangan. 20-a. boshlarigacha Tofalar quyidagi urugʻlarga boʻlingan: kash, sariqkash, chogʻdu, qorachogʻdu, cheptey va b. Mashgʻuloti — ovchilik va koʻchmanchi bugʻuchilik boʻlgan. 20-a. da Tofalar oʻtroq hayotga oʻtgan. 1980-y. lardan boshlab Tofalarda oʻz tarixini oʻrganish va madaniyatini qayta tiklashga intilish kuchaygan.

Malumotlar
TOFALAR