TODOROKIT
TODOROKIT (Todoriki — Yaponiyaning Xokkaydo o. dagi kon nomidan) — mineral. 1963-y. Markaziy Qizilqumda topilgan. Kimyoviy tarkibi (Ca, Na, Mg2Q, K), (Mn4Q, Mn2Q,Mg)6 xO|23H,O; asosiy qismni tashkil qiluvchi Mp dan tashqari 16 kimyoviy element (Mg, Ca, Na, K, Zn, Fe, Al, Si, Ba, Hg, Cd, Co, Ni, Sr, Mo, Si) aralashmasi bor. Romb yoki monoklin singoniyada kristallanadi. Koʻrinishi sferolitbuyraksimon. Kattiqligi 1,5 — 2, zichligi 3,7—3,8 g/sm3. Rangi kora, yarim metalldek yaltiraydi, elektromagnitli. Todorokit gipergen mineral boʻlib, oltin konlarining oksidlanish zonasidagi eng kechki shakllanish bosqichida vujudga kelgan. Oʻzbekistonda Muruntov, Tomditov va Boʻkantovda uchraydi.
Ensiklopediya.uz
TODOROKIT