TOBOL

TOBOL

TOBOL — Qozogʻistonning Qoʻstanay viloyati, RFning Kurgan va Tyumen viloyatlaridagi daryo. Irtishning chap irmogʻi. Uz. 1597 km. Havzasining mayd. 426 ming km2. Toʻrgʻay platosidan boshlanib, asosan, Gʻarbiy Sibir tekisligidan oʻtadi. Asosiy irmoklari: chapda — Uy, Iset, Tura, Tavda; oʻngda — Ubagan. Asosan, qordan toʻyinadi. Okt. —noyab. da muzlab, apr. —mayda muzi eriydi. Yogʻoch oqiziladi. Quyilish joyidan 437 km masofada kema qatnaydi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 805 m3/sek. Tobol boʻyida Lisyakovsk, Rudniy, Qoʻstanay, Kurgan, Yalutorovsk sh. lari bor. T. da (suv bilan taʼminlash va sugʻorish uchun) suv omborlari qurilgan.

Ensiklopediya.uz
TOBOL