TOʻSUNSOY SUV OMBORI
TOʻSUNSOY SUV OMBORI — Samarqand viloyatidagi suv ombori. Nurota toglarining jan. yon bagʻirlaridan boshlanib, bir necha soylarning suvlaridan hosil boʻladigan Toʻsunsoy daryosining yuqori oqimida (Qaraqchitov togʻlari jan. da) barpo etilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. 1989-y. da qurilib ishga tushirilgan. Toʻliq hajmi 52,1 mln. m/ toʻgʻon bal. 40,6 m, maksimal suv oʻtkazish qobiliyati 40m3/s. Ombor suvi Sagʻanoqsoy orqali Okdaryoga quyiladi. Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon tumanlaridagi ekin maydonlari sugʻoriladi.
Ensiklopediya.uz
TOʻSUNSOY SUV OMBORI