TOʻRTLAMCHI SISTEMA
TOʻRTLAMCHI SISTEMA (DAVR), antropogen — Yer geologik tarixining soʻnggi davri; kaynozoyning neogen ustidagi soʻnggi (tugallanmagan) sistemasi. Quyi chegarasi munozarali. Yoshi 1,6 mln. yil (1993-y. geoxronologiya shkalasi boʻyicha). «Toʻrtlamchi sistema» terminini 1825-y. fransuz olimi J. Denuaye taklif etgan. Bu davrni oʻrganish va boʻlimlarga ajratishda, asosan, biostratigrafik maʼlumotlar, paleontologik, litologik, geomorfologik va b. metodlarga asoslanilgan. 1932-y. Yevropa T. ye. ni oʻrganish assotsiatsiyasi bu davrni 4 boʻlimga ajratishni taklif etgan: qad. (eopleystotsen), oʻrta (mezopleystotsen), yangi (neopleystotsen) va hoz. (golotsen).
Ensiklopediya.uz
TOʻRTLAMCHI SISTEMA