TOʻRGʻAYLAR

TOʻRGʻAYLAR

TOʻRGʻAYLAR (Alaudidae) — chumchuqsimonyaar turkumi oilasi. 15 urugʻga mansub 78 turi maʼlum. Asosan, Afrika, Osiyo, Yevropada tarqalgan. Amerikada 1 turi va Avstraliyada 2 turi uchraydi. Ayrim turlari iklimlashtirilgan. Tanasining uz. 110—230 mm, ogʻirligi 1570 g. T. ochiq yerlarda — dala, choʻl, sahro, baʼzan oʻrmon va yalangliklarda yashaydi. Uyasini yerga qoʻyadi. Odatda, 4—6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini faqat modasi 12—16 kun bosadi. Ikkala jins 10—11 kun bolalarini uyasida, 8—10 kun uyadan tashqarida oziklantiradi. Oʻsimlik urugʻlari va hasharotlarni yeydi. Koʻpayish davri tamom boʻlgandan soʻng guruhlarga birlashadi. Shim. da yashovchi Toʻrgʻaylar qishda jan. ga, togʻdagilari vodiyga koʻchib oʻtadi. Oʻzbekistonda dala toʻrgʻayi, soʻfitoʻrgʻay, qoraqosh Toʻrgʻaylar, kichik Toʻrgʻaylar, hind toʻrgʻayi, joʻr va b. uchraydi.

Ensiklopediya.uz
TOʻRGʻAYLAR