TOʻRAYEV Baxtiyor Fayziyevich

TOʻRAYEV Baxtiyor Fayziyevich

TOʻRAYEV Baxtiyor Fayziyevich (1963.26.10, Kattaqoʻrgʻon sh.) — teatr rassomi, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1999). Toshkent sanʼat intini tugatgan (1991). 1991-y. dan Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtiruvchi rassom, 1996-y. dan bosh rassom. G. Brimnpng shogirdi. Toʻrayev xar bir spektaklning asl moxiyatini anglashga hamda ifoda etishga intiladi, tasviriy, fazoviy va shakliy vositalar orqali oʻziga xos tarzda, falsafiy mushohada bn sahna kengliklaridagi teatrlashtirilgan shaklu shamoyilini yaratadi. «Alpomish», «Figʻon», «Yorqinoy», «Muhabbat sultoni», «Aldagani xotin yaxshi», «Abulfayzxon», «Qatagʻon», «Choʻlpon», «Amir Temur», «Chimildiq», «AlFargʻoniy», «Mashrab», «Piri koinot» spektakllari liboslari salobatli, goʻzal, davriga moye holatda hal qilingan.

Ensiklopediya.uz
TOʻRAYEV Baxtiyor Fayziyevich