TOʻQUMBOYEV
TOʻQUMBOYEV Aali (taxalluslari Balqa, Chalqar) (1904.7.11, Qirgʻizistonning gʻoz. Kemin tumani — 1988) — Qirgʻiziston xalq shoiri (1945), qirgʻiz yozma adabiyoti asoschilaridan. Qirgʻiziston FA akad. (1954). Qirgʻiziston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1934—49). «Mehnat guli» (1932), «Dastlabki sheʼrlar» (1934) kitoblari va «Tutqun Marat» dostoni (1932) zamonaviy mavzuda. «Dnestr chuqur dengizga quyiladi» (1939), «Yaralangan yurak» (1940) qissalari muallifi. 2-jahon urushi va urushdan keyingi yillarda yozgan sheʼrlar toʻplami («Tashakkur», 1944; «Zamon ovozi», 1966), doston («Manas vatandoshlari», 1941; «Doʻmbira navosi», 1960; «Jonli tarix», 1969) va pyesalari («Qasam», 1943; «Taftish davom etadi», 1962; «Biz ham soldat boʻlganmiz», 1965) qirgʻiz xalqining vatanparvarligi haqida. «Tong oldidan» sheʼriy romani («Qonli yillar», 1kitob, 1935; «Barhayotlik urugʻi», 2kitob, 1947, birlashtirilgan qayta nashri, 1962)da qirgʻiz xalqining turmush tarzi aks etgan. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Toʻqtagʻul Sotilgʻonov nomidagi Qirgʻiziston Davlat mukofoti laureata (1967).
Ensiklopediya.uz
TOʻQUMBOYEV