TOʻQIMACHILAR
TOʻQIMACHILAR (Ploceidae) sayroqi chumchuqsimonlar turkumi oilasi. 4 kenja oilasi, 40 ga yaqin urugʻi, 200 ga yaqin turi maʼlum. Tanasining uz. 7—19 sm, vazni 15—100 g. Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliyada tarqalgan. Koʻpchilik turlari Sharqiy yarim sharning tropik va subtropik hududlarida, daraxt kam boʻlgan ochiq maydonlarda yashaydi. Yerda sakrab harakat qiladi. Shim. va moʻtadil mintaqadagi Toʻqimachilar odmiroq, tropik hamda subtropiklarda yashovchi turlari patlari rangli, baʼzilari boshida kokili, boʻynida patlardan iborat «yoqasi» boʻladi. Juftjuft yoki koloniya boʻlib, daraxt va butalarga uya quradi. Uyasi turli shaklda (sharsimon, butilkasimon va b.), oʻsimlik tolalari, barglari va h. k. dan toʻqiydi. Yilda 12-marta 36 Toʻqimachi va u bogʻlagan tugunlar ta tuxum qoʻyadi.
Ensiklopediya.uz
TOʻQIMACHILAR