TOʻQIMA
TOʻQIMA — kelib chiqishi, tuzilishi va funksiyasiga koʻra oʻxshash hujayralar sistemasi. Odam v a hayvonlar T. si epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv T. lariga boʻlinadi. Epiteliy T. si odam va hayvonlar tanasini qoplab turadi, ichki organlarda parda hosil qiladi, gʻimoya funksiyasini; uning hosilalari, mas., jigar va meʼda osti bezining serektor epiteliysi sekretor funksiyasini bajaradi. Xususiy biriktiruvchi Toʻqima va uning xreilalari (q. Krn, Limfa, Togʻay, Suyak) himoya, tayanch va trofik funksiyani bajaradi. Mezenximadan rivojlanadi. Muskul toʻqimasi qisqarish xususiyatiga ega. Shu tufayli organizm fazoda harakat qiladi va uning organlarida qisqarish harakati sodir boʻladi; silliq muskul Toʻqimasi mezenximadan, koʻndalangtargʻil muskul Toʻqimasi mezodermadan rivojlanadi. Nerv toʻqimasi ektodermadan hosil boʻlib, organizmning hayot faoliyatini boshqaradi, tashqi muhitdan signallar qabul qiladi va organizmning javob reaksiyasini belgilab beradi. Toʻqimaning xrsil boʻlishi (gistogenez) embrionning rivojlanishi jarayonida dastlabki hujayraning ixtisoslashuvi bn bogʻliq. Koʻpincha gistogenez voyaga yetgan organizmda ham sodir boʻladi. Toʻqimaning regeneratsiyasch, baʼzan oʻsishini taʼminlaydi. Har bir organizmning oʻziga xos funksiyasi, odatda, bitta Toʻqima yoki bir qancha ixtisoslashgan hujayralar bn bogʻliq. Barcha organlarda bir necha xil Toʻqima boʻladi. Ular birgalikda organizm funksiyasini boshqarib turadi. Funksional jihatdan nerv va muskul Toʻqimasi, ayniqsa, chambarchas bogʻlangan. Tuban koʻp hujayralilarda Toʻqima kuchli ixtisoslashmagan. Bir xil tipdagi Toʻqimaning tuzilishi organizmning har xil qismida va turli darajada tuzilgan organizmlarda bir xilda boʻlmaydi. Toʻqima evolyutsiya davomida hujayralarning funksional ixtisoslashuvi natijasida hosil boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
TOʻQIMA