TOʻNYUQUQ BITIKTOSHI
TOʻNYUQUQ BITIKTOSHI — marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi, Eltarish xoqon (680)ning maslahatchisi va sarkarda Toʻnyuquq (taxm. 645—726) sharafiga qoʻyilgan (712—716). UlanBatordan 66 km jan. sharkda joylashgan. Bitik 62 satrdan iborat boʻlib, jan. va shim. tomonlarga bir-biriga qaratib qoʻyilgan 2 toʻrt qirrali tosh ustunga yozilgan. Jan. dagi ustunning bal. 170 sm, shim. dagisiniki 160 sm. Bitikning 1—7satrlari toshlardan birining gʻarbga, 8—17satrlar jan. ga, 18—24satrlari sharqqa, 25—35satrlari shim. ga qaragan tarafiga yozilgan. Bitikning 36—44satrlari ikkinchi toshning gʻarbga, 45 — 50satrlari jan. ga, 51—58satrlari sharqqa va 59—62 satrlari shim. ga qaragan tarafiga bitilgan.
Ensiklopediya.uz
TOʻNYUQUQ BITIKTOSHI