TOʻLAGANOVA Iroda Botirovna

TOʻLAGANOVA Iroda Botirovna

TOʻLAGANOVA Iroda Botirovna (1982.7.1, Toshkent) — tennischi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000), «Oʻzbekiston iftixori» (2001). Tennis boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Butunjaxrn oʻsmirlar oʻyinlari bronza medali sovrindori (1998, Moskva), qizlar oʻrtasida Osiyo (1999, Fukuoka), «Uimbldon» chempionatlari (1999, London) va AQSH ochiq chempionati (1999, NyuYork) gʻolibi. 1998-y. dan professional tennischi, WTA tasnifiga kiruvchi 3 ta musobaqada gʻolib boʻlgan (2000, Toshkent; 2001, Vena; 2001, NokkeXeyt). Osiyo oʻyinlari gʻolibi (2002, Pusan). «Shuhrat» medali bn mukofotlangan (1998).

Ensiklopediya.uz
TOʻLAGANOVA Iroda Botirovna