TOʻGARAK CHUVALCHANGLAR

TOʻGARAK CHUVALCHANGLAR

TOʻGARAK CHUVALCHANGLAR, nematodalar (Nematoda) — birlamchi tana boʻshlikli chuvalchanglar sinfi. Tanasi ipsimon, duksimon, baʼzan limonsimon, bochkasimon; koʻndalang kesimi toʻgarak shaklda (nomi shundan). Erkin yashovchi Toʻgarak chuvalchanglar mayda (0,05 mm dan 5, baʼzan 50 mm gacha), parazit turlari, odatda, mayda, lekin bir qancha turlari 20 — 40 sm ga, baʼzan 8,4 m ga yetadi (kashalotlar bachadonidan topilgan gigant platsentonema).

Ensiklopediya.uz
TOʻGARAK CHUVALCHANGLAR