TOʻGʻALOQ MULDA
TOʻGʻALOQ MULDA (taxallusi; asl ismsharifi Boyimbet Abdurahmonov) (1860.10.6 — hoz. Qirgʻizistonning Oqtol tumani — 1942.4.1) — qirgʻiz shoiri, oqin. Qirgʻiz folklori bilimdoni, «Manas» eposini aytuvchilardan. Madrasada oʻqigan. 14 yoshida sheʼr yoza boshlagan. U «Dehqon ayolining yigʻisi», «Temirchi ayoli yigʻisi», «Yosh erga berilgan qiz xasrati», «Cholga erga berilgan qiz hasrati» kabi shikoyatqoʻshiqlar, «Hojining kirdikorlari», «Salla oʻragan qoʻy» kabi hajviy sheʼrlar, «Turna va tulki», «Bulbul va eshak» kabi masallar yozgan. «Kemchontoy», «Bobirxonlar» (1900), «Qushlar hangomasi» (1908), «Ozodlik» (1919 — 23), «Nasihat» (1925) kabi dostonlar, «Ertaklar» (1939) toʻplamini nashr ettirgan. «Sheʼrlar va dostonlar» (1947), «Tanlangan sheʼrlar» (1951), «Yer va uning bolalari» (1952) va 2 jildli «Tanlangan asarlar» (1954 —56) muallifi. Navoiy, Furqat, Muqimiy, Zavqiy ijodi Toʻgʻaloq Mulda ijodiga katta taʼsir etgan. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Ensiklopediya.uz
TOʻGʻALOQ MULDA