TOʻFON

TOʻFON

TOʻFON, dovul — 1) Bofort shkalasi boʻyicha kuchi 12 balli, yaʼni tezligi 35 m/sek. dan ziyod, Yer atmosferasidagi eng kuchli shamollarpan. Toʻfon binolarga katta zarar yetkazadi, daraxtlarni sindiradi; dengizlarda kuchli toʻlqin hosil qilib, kemalar suzishini qiyinlashtiradi, halokatlarga ham olib kelishi mumkin. Toʻfon, odatda, serharakat siklonlar bn bogʻliq vujudga keladi. Baʼzan kuchli quyun tarzida roʻy beradi;

Ensiklopediya.uz
Toʻfon.