TOʻSIN

TOʻSIN

TOʻSINbino va inshootlarning tomi, orayopmalari, poliga ishlatiladigan va tayanchlarga tayanadigan konstruktiv elementa. Joyiga qarab temirbeton, metall va yogʻoch T. lar ishlatiladi. Koʻndalang kesimi shakliga koʻra, toʻgʻri toʻrtburchak, tavr yoki qoʻshtavr, trapetsiya va doiraviy boʻlishi mumkin. Tayanchlarning soni va Toʻsin uchlarining biriktirilishi usuliga koʻra, Toʻsinlar bir qulochli (prolyotli), koʻp qulochli, konsolli, uchlari mahkamlangan, qirqma, yaxlit, osma va b. turlarga boʻlinadi. Vaznini yengillashtirish maqsadida ichi kovak Toʻsinlar ham ishlatiladi. Ilgari Oʻzbekistonda binolar uchun asosan yogʻoch toʻsinlar (bolorlar) ishlatilar edi. Xonalarning kattakichikligi solinadigan Toʻsinlar soniga qarab belgilanar edi (mas., besh, yetti, toʻqqiz, oʻn bir Toʻsin li va b.). T. ustiga toqi (vassa) lar zich qilib yonmayon yotqizilardi. Toqi siyrak boʻlganda ustidan boʻyra tashlanardi. Koʻpincha, Toʻsin sifatida daraxtning shakli saqlangan xrlda ishlatilgan, keyinchalik toʻrtburchak qilib yoʻnilgan, oʻyib, boʻyab naqsh ishlangan. Yakka tartibda uyjoy qurilishida bu anʼana hamon saqlanib qolmoqda. Ammo zamonaviy yirik binolarda yogʻoch toʻsinlar oʻrnini yigʻma metall yoki temirbeton plitalar egalladi.

Ensiklopediya.uz
TOʻSIN