TIVIT

TIVIT

TIVIT — qoʻy, echki, tuya, quyon va moʻynali hayvonlarning ingichka va mayin juni. Aksariyat jun qatlamining teriga yaqin qismida hosil boʻladi. Tivit tolasi ingichkaligi 15—30 mikron. Baʼzi qoʻy (merinos), echki va quyon zotlari juni faqat Tivitdan iborat boʻladi. Tivit hayvonlar junini qirqish (yiliga 1—2-marta), tarash yoki tullash paytida sidirish yoʻli bilan olinadi. Qoʻy Tivit idan eng yaxshi jun mato toʻqiladi, echki Tivit idan, asosan, roʻmol, tuya va quyon Tivit idan esa gilam, trikotaj buyumlar tayyorlanadi (yana q. Jun).

Ensiklopediya.uz
TIVIT