TITSIAN

TITSIAN

TITSIAN (asli Titsiano Vechellio, Tiziano Vecellio) (1476/77 yoki 1480-y. lar, PyevediKadore, Venetsiya — 1576.27.8, Venetsiya) — italyan rassomi, Uygʻonish davri Venetsiya maktabining eng yirik namoyandasi. Oʻsmirlik davridan Venetsiyada. Jovanni Bellini ustaxonasida taʼlim olgan. Jorjone bilan yaqin boʻlgan, unga Venetsiyadagi binolarni devoriy rasmlar bilan bezashda yordam bergan (parchalari sakdangan). Asosan Venetsiyada, shuningdek, Paduya (1506), Mantuya (1536—37), Ferrara (1516 — 23), Urbino (154244), Rim (154546) va Augsberg (1548,1550—51)da ishlagan. Titsian ijodida Uygʻonish davrining insonparvarlik gʻoyalari aks ettirilgan boʻlib, unint hayotbaxsh sanʼati serqirra, hayot voqealarini keng qamrovli qilib olishi, davrning dramatik voqealarini teran ochib berishi bilan ajralib turadi. Ilk asarlarida Jorjonening taʼsiri seziladi («Iso va gunohkor ayol», «Iso va Magdalina», 1510-y. lar boshi va b.). 1510-y. lar oʻrtalaridan Rafael va Mikelanjelo ijodini oʻrganganidan soʻng oʻzining mustaqil uslubini ishlab chikdi: sokin va shodon obrazlari hayotbaxsh tuygʻularning yorqinligi, ichki nurlanganligi bilan alohida ahamiyatga ega («Dunyoviy muhabbat va ilohiy muhabbat», taxm. 1515—16; «Flora», taxm. 1515; «Veneraning bayrami», 1518; «Tobutga qoʻyish», 1520 va b.), diqqatini koʻproq monumental, koʻtarinki ruh va dinamika bilan ishlanadigan kompozitsiyalarga qaratgan («Maryamning osmonga koʻtarilishi», taxm. 1515—18, SantaMariya Glorioza dei Frari cherkovida va b.). Yakka va guruh portretlarida zamondoshlarini, ulardagi xislatlar (oʻziga ishonch, gʻurur, shubha, ikkiyuzlamachilik, yolgʻon va h. k.)ni oʻta sinchkovlik bilan tasvirlaydi, tasvirlanayotganlarning munosabatlari mohiyatini, holatdagi dramatizmni ayevsiz fosh qiladi, har bir obraz uchun oʻziga xos qiyofa, kiyim, holat, kompozitsiya, zamin tanlaydi: «Ippolito Medichi» (1532—33), «La bella» (taxm. 1536), «Papa Pavel III Alessandro va Ottavio Farneze bilan birga» (1545 — 46), «Karl V» (1548) va b.

Ensiklopediya.uz
TITSIAN