TITANIT

TITANIT

TITANIT, sfen — orolli silikatlar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Sa TiO[SiOJ boʻlib, Gʻye2Q, Gʻye3Q hamda 12% gacha (T. ning keylgauit xili), (Se, Y)2O3, Mn, Sn, Nb, Sg aralashma holida uchraydi. Titanit monoklin singoniyada kristallanadi. Zich prizmalar koʻrinishidagi yakka kristallar hamda donador agregatlar hosil qiladi. Rangi sariq, jigarrang, yashil baʼzan qora va qizgʻish boʻladi. Olmosdek yaltiraydi. Qattikdigi 5—6, zichligi 3,3—3,6 g/ sm3. T. magmatik togʻ jinslarining keng tarqalgan aksessor minerali, odatda, ishqorli togʻ jinslarida, baʼzan metamorfik gneyslarda hamda gidrotermal hosilalarda uchraydi. Titanit titan olinadigan xom ashyodir.

Ensiklopediya.uz
TITANIT