TISHLI UZATMA

TISHLI UZATMA

TISHLI UZATMAaylanma harakatni ilgarilama harakatga yoki aksincha aylantirib beradigan, yo boʻlmasa, aylanma harakat uzatadigan 3 zvenoli mexanizm. Uning 2 zvenosi qoʻzgʻaluvchan tishli gʻildirak (shesternya) dar (yoki shesternya va reyka)dan iborat boʻlib, qoʻzgʻalmas zveno (korpus) bilan aylanma yoki ilgarilama harakat uzatuvchi juftlikni hosil qiladi. Tishli uzatmaning silindrik, konussimon, gipoid, toʻlqinsimon va b. shaklli turlari boʻladi. Koʻpgina mashina va mexanizmlarda tashqi ilashishli, yaʼni tishlari tashki sirtiga oʻyilgan Tishli uzatma, kamdankam hollarda ichki tishlashishli (gʻildiraklardan birining ichiga tishlar oʻyilgan) Tishli uzatma ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
TISHLI UZATMA