Tishlarni oqartirish — usullari, yo’llari, uy sharoitida tishni oqartirish uchun vositalar
Tishlarni emalga zarar yetkazmasdan qanday oqartirish kerak? Uy sharoitida qanday usullardan foydalanish mumkin? Ularning qay birlari eng samarali va avaylovchi hisoblanadi? Maqolada uy sharoitida tishni oqartirishning eng mashhur va xavfsiz usullarini ko’rib chiqamiz.
Tishlarni qanday qilib oqartirish kerak degan savolga har bir stomatolog: «Faqat mutaxassisning nazorati ostida!», — deb javob beradi. Ammo ko’pchilik odamlarda tish shifokorga bormaslik uchun doimo ko’plab bahona topiladi: qo’rqinchli, qimmat, vaqt yo’q… Lekin tish rangini oqroq qilish istagi kuchli bo’lsa-chi? Buni mustaqil amalga oshirsa bo’ladimi?
Kundalik og’iz bo’shlig’i gigienasi karash hosil bo’lishini asosiy profilaktikasi hisoblanadi. Tish cho’tkasi va tish iplari uni yengishga yordam beradi. Albatta, nega pasta emas degan savol berish mumkin. Buning sababi shundaki, tish pastasining karashni bartaraf etishga aloqasi yo’q. Shuning uchun, yuqori sifatli cho’tka yoki pasta o’rtasida tanlash kerak bo’lsa, afzallikni birinchisiga berish lozim.
Tishlarni muntazam ravishda tozalab turishda karash shakllanishining intensivligi juda past bo’ladi, shuning uchun emalga ziyon yetkazmasdan uy sharoitida tishni oqartirish talabi sizni juda uzoq vaqt davomida tashvishlantirmaydi. Agar tabassum rangi o’zgarganidan shubha qilsangiz, quyidagi sinovni bajaring.
- Tilni tishlaring ichki yuzasi bo’ylab yuriting. Dag’alliklar sezilyaptimi? Shunday bo’lsa, karashni yanada intensiv usullar bilan yo’qotish vaqti kelgan.
- Tishlaringga oq qog’oz parchasini qo’ying. Tishlar sarg’ish ko’rinmoqdami? Demak siz uyda tishlaringizni oqartirishingiz mumkin, bu holatda zarar va foyda bir-birlarini muvozanatlashtiradi. Ammo tish kulrang tusga kirsa, hech qanday mustaqil amallar bajarish tavsiya etilmaydi! Bu holda faqat tish shifokoriga murojaat qilish darkor.
Og’iz bo’shlig’ini parvarishlash mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tishni oqartirish uchun yaxshi yechimlar taklif qiladi. Ushbu vositalar quyidagilarni o’z ichiga oladi.
- Abraziv tish pastalari — ular tarkibida silliqlovchi va fermentativ moddalar mavjud. Birinchisi, emal yuzasidan karashni olib tashlaydi, ikkinchisi esa tish ichiga kiradi. Fermentlarning kirib borishi darajasi past, shuning uchun ular tishlarini ichidan oqroq qila olmaydi. Ammo sigaret va qora choydan qolgan sariq qoplamni yo’qotish uchun ayni muddao.
- Chayish uchun eritmalar — ularning tarkibida past konsentratsiyada vodorod peroksidi mavjud. Tishlarni 1-2 tusga oqroq qiladi.
- Tishlarni oqartiruvchi kukunlar — tish pastasiga nisbatan agressivroq vosita, shuning uchun oqartirishning eng xavfsiz yo’li hisoblanmaydi. «Vaziyatga ko’ra» bir martalik foydalanish uchun mos keladi.
Ushbu vositalarni qo’llashda ularning to’liq xavfsiz emasligini yodda tutish kerak. Ularning zarari vositalar uzoq vaqt davomida qo’llanilsa, emalning sezgirligi oshishi bilan namoyon bo’ladi. Ikki hafta davomida chayish uchun eritmalar bilan tish pastasidan tishlar 1-3 tonga oqargunicha foydalanish kifoya, undan so’ng tarkibida ftor yuqoriroq bo’lgan tish pastalariga o’tish kerak.
Tishlarni xalqona vositalar yordamida oqartirish
Tishlarni xalqona vositalar yordamida oqartirish har doim ham bezarar emasligini unutmaslik kerak. Eng taniqli uy sharoitida qo’llaniladigan vositalar bu iste’mol sodasi va vodorod peroksidi hisoblanadi. Birinchisi abraziv modda sifatida ta’sir qilib, tish to’qimalaridan karashni olib tashlaydi. Ikkinchisi esa kimyoviy reaktsiya natijasida kislorod ajratib chiqaradi, u o’z navbatida emalning chuqur qatlamlaridagi pigmentatsiyani yo’qotishga qodir.
Iste’mol sodasi
Iste’mol sodasini tish pastasi sifatida qo’llash
1. Bir osh qoshiq sodani oz miqdorda suv bilan aralashtiring.
2. Hosil bo’lgan massaning quyuqligi tish pastasiga o’xshash bo’lishi kerak.
3. Tishlarni ushbu aralashma bilan tozalang.
4. Bajarish davomida vositani yutib yubormaslikka harakat qiling.
5. Aralashmani tishlarda 10 daqiqagacha qoldiring.
6. Og’izni iliq suv bilan chayib tashlang.
7. 5 daqiqa kutib turing, so’ng tishlarni oddiy tish pastasi bilan yuvib tashlang.
Soda va tish pastasi aralashmasi
1. Oz miqdorda tish pastasi va iste’mol sodasini aralashtiring.
2. Ushbu aralashma bilan tishlarni tozalang.
3. Og’izni iliq suv bilan chayib tashlang.
Ushbu usullarning ikkalasi ham juda samarali bo’lib, ular uzoq vaqt davomida ishlatilishi mumkin. Birinchi usul ko’proq vaqt talab qiladi, ammo uning natijalari yaxshiroq, shuni ta’kidlash kerakki, undan haftada bir marta foydalanish mumkin. Tishlarni oqartirishning ikkinchi usulidan haftada bir necha marta foydalanishga ruxsat etiladi, bundan tashqari, u ozroq vaqt talab etadi.
Olma sirkasi
Olma sirkasidan ko’p maqsadlarda foydalansa bo’ladi. Ularning biri — tish oqartirish. Ushbu usulning ta’mi eng yaxshilardan biri emas, lekin uning samaradorligini inkor etib bo’lmaydi. Tishni oqartirish uchun olma sirkasini to’g’ri ishlatishning bir nechta usuli mavjud.
Olma sirkasidan og’zini chayish uchun vosita tayyorlash
1. Kichikroq bir stakanga olma sirkasi soling.
2. Suyuqlikdan yutib yubormasdan bir qultum oling.
3. Og’izni yaxshilab chaying.
4. Shundan so’ng tupurib tashlang.
5. Og’izni iliq suv bilan chaying.
Ushbu usuldan haftada bir marta foydalanish tavsiya etiladi. Sirka ta’mi ozgina yoqimsiz, lekin natijalar bu kamchilikni oqlaydi.
Olma sirkasi va iste’mol sodasi
1. Kichikroq idishda olma sirkasi va sodani tish pastasi konsistentsiyasi hosil bo’lgunicha aralashtiring.
2. Olingan massani tishlarga qo’llang.
3. 5-10 daqiqaga qoldiring.
4. Og’izni iliq suv bilan chayib tashlang.
5. So’ngra tishingizni odatdagidek tozalang.
Tishlarni oqartirishda qulupnaydan foydalanish
Qulupnay tabiiy oqartiruvchi xususiyatga ega. Uning tarkibida tishdagi dog’larni yo’qotish uchun juda yaxshi xizmat qiladigan olma sirkasi mavjud. Tishlarni oqartirish uchun qulupnaydan foydalanishning turli xil usullari mavjud. Ulardan ba’zilari quyida keltiriladi.
Qulupnayni tishlarga surtish
1. Bitta qulupnay oling.
2. O’rtasidan kesing.
3. Qulupnayaning yarmini tish yuzasiga surtib chiqing.
4. 5-10 daqiqaga qoldiring.
5. Shundan so’ng, odatdagidek, tishlarni tish pastasi bilan tozalang.
Bu vaqt va pulni tejab, tishlarini oqroq qilishning ideal usuli. Vaziyatga qarab, haftasiga ikki marta foydalanish mumkin.
Iste’mol sodasi bilan qulupnay
1. Bir yoki ikkita qulupnayni ezing.
2. Tishlaringizni tozalash uchun uning sharbatidan foydalaning.
3. 5 daqiqa kuting.
4. Bir osh qoshiq iste’mol sodasiga ozgina miqdorda suv qo’shib, pastaga o’xshash massa hosil bo’lguncha aralashtiring.
5. U bilan tishlaringizni tozalang.
6. Og’izni iliq suv bilan chayib tashlang.
7. Tishlaringni odatdagidek tish pastasi bilan yuving.
Ushbu usul ko’proq vaqtni talab qiladi, lekin u juda samarali. Qulupnay va soda kombinatsiyasi tishni oqartirish uchun ajoyib ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga, bu ikki komponentni aralashtirib ishlatish kerakli natijani bermaydi, shuning uchun ularni navbatma-navbat qo’llash juda muhimdir.
Apelsin po’sti va dafna barglarini qo’llash
Apelsin po’sti va dafna (lavr) yaprog’i kombinatsiyasi uyda tishlarni oqartirishning ajoyib usuli hisoblanadi. Jarayon bir necha daqiqa talab etadi. Apelsin o’rniga limondan foydalanish ham mumkin.
Apelsin va lavr yaproqlaridan tayyorlangan tish oqartirgich
1. Apelsinni po’stidan tozalang.
2. Bir nechta po’st bo’lakchalarini oling.
3. Ularni tish emaliga surting.
4. Dafna yaprog’ini kukunga aylanguncha ezing.
5. Ularni ham tishlarga qo’llang.
6. 5 daqiqaga qoldiring.
7. Og’izni iliq suv bilan chayib tashlang.
Ushbu usulni haftada bir marta qo’llash yaxshi. Apelsin po’stlog’idagi kislota emalda dog’lar paydo bo’lishiga olib keladigan bakteriyalarni o’ldiradi. Dafna barglari esa dog’larni o’ziga shimib, ularni rangsizlantiradi.
Tish oqartirish uchun banan po’stlog’i
Banan po’stlog’i — bu tishni oqartirishning ajoyib usuli. U tish emaliga ziyon yetkazmaydi va shartli ravishda bepul sanaladi. Ushbu usulni qo’llash juda oddiy va 5 daqiqadan ortiq vaqt talab etmaydi.
Banan po’stidan oqartirish uchun vosita
1. Bananni po’stidan tozalang.
2. Po’stining kichik qismini oling va u bilan tishlarni arting.
3. Muolajani 2-3 daqiqa davom ettiring.
4. Og’izni iliq suv bilan chayib tashlang.
Ushbu usulni haftasiga 1-2 marta qo’llash kifoya.
Bu muhim!
- Tishni oqartirish uchun tajribalar o’tkazmang. Muayyan vositalarni qo’llab, tish emaliga jiddiy ziyon yetkazgan kishilarning fikrlari nimalarni qilish mumkin emasligini tushunishga yordam beradi.
- Albatta shifokorga murojaat qiling. Buni oqartirish muolajalarini boshlashdan oldin bajaring, shunda karies yoki emal shikastlanishlari yo’qligiga ishonchingiz komil bo’ladi. Stomatolog huzuriga hech bo’lmaganda yiliga bir marta borishni kanda qilmang.
- Sezuvchanlik yuzaga kelganda barcha muolajalarni darhol to’xtating. Har qanday og’riq hislari muolajalar tish emaliga salbiy ta’sir ko’rsatayotganidan darak beradi.
- Tish tabiiy ravishda oq-sarg’ish tusga ega. Turli filmlardagi qahramonlarning chinnidek oppoq tishlari tinchlik bermayaptimi? Aslida oppoq rang tishlarning tabiiy rangi emas, gollivud yulduzlarining tishlari esa vinir — tishning tashqi qoplami o’rnini bosuvchi yupqa plastinka bilan qoplangan bo’ladi.
Tish emali qorayishini oldini olish
Tishlar oppoq va porloq bo’lganida, siz, albatta, ularni shunday saqlab qolish istagida bo’lasiz. Doimiy ravishda oqartirish vositalaridan foydalangan holda, buni amalga oshirish mumkin, ammo ba’zi narsalardan qochish yoki ularni cheklash kerak. «Qora ro’yxat» ning ayrim vakillari:
- To’q rangli gazlangan va alkogolsiz ichimliklar;
- Qora choy;
- Chaynash uchun tamaki;
- To’q rangli likyorlar;
- Qahva;
- Sitrus mevalar;
- Dorilarni suiiste’mol qilish;
- Ba’zi dorilar;
- Tomatli sous;
- Sigaret.
Eslab qoling! Tishlaringizni chiroyli va sog’lom saqlashning eng yaxshi usuli — muntazam ravishda cho’tka va tish uchun ipdan foydalanishdir. Bu emaldagi dog’lar paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi, shuningdek karashni tezda yo’qotadi.
Foydali Maslahatlar
Tishlarni oqartirish — usullari, uy sharoitida tishni oqartirish uchun vositalar, yo’llari