Tishga qo‘yiladigan koronkalar haqida? to’liq malumot oling
Tishga qo‘yiladigan koronkalar haqida?
Mundarija
скрыть
Koronka ya’ni xalq tili bilan aytganda tish qo‘ydirmoqchisiz. Stomatolog sizga bir qancha koronkalarni taklif qiladi. Shunda sizda savol paydo bo‘ladi qaysi koronkani qo‘ydirsam ekan degan. Bilaman bu sizning ham boshingizdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Shu sabab bugun ushbu savol haqida gaplashamiz.
Xalqimiz asosan 3 xil tish (koronka) haqida bilishadi. Bular tilla tish, sariq tish va oq tishlar. Shuningdek hali ko‘pchilikka notanish Sirkoniy dioksidli koronkalar ham bor. Keling bular haqida birma-bir to‘xtalib o‘taman.
Tilla tishlar
Katta avlod bu koronka haqida juda yaxshi bilishadi. O‘z vaqtida «moda» bo‘lgan va hozir ham tilla tish qo‘ydirmoqchi bo‘lganlar topiladi. Bu koronka estetik tomondan maqul emas. Chunki kulganingizda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qolaversa yillar davomida metall ma’lum miqdorda so‘lakda erishi ham aniqlangan. Bundan tashqari galvanizatsiya ya’ni tilda achishish, metall ta’mi va og‘izda stomatitlar chiqishiga sabab bo‘ladi. O‘ylamang bir yilda shunaqa bo‘p qolarkan deb. Uning uchun yillar kerak. Shuningdek narxi ham qimmatroq. Hozirgi kunda deyarli qo‘yilmaydi.
2. Sariq tishlar
Bu metal koronka titan, nikel, xrom aralashmalaridan tayorlanadi. Tilla koronkadan farqi tarkibida oltin yo‘q. Boshqa xususiyatlari tilla koronka bilan deyarli bir xil. Faqat kamchiliklari tilla tishdan ko‘ra ko‘p. Mustahkamligi ham uncha yaxshimas. Lekin bugungi kunda ham bundan foydalanilmoqda. Sabab narxiga borib taqaladi. Ancha arzon.
3. Oq tishlar ya’ni metall keramika
Bu koronkalar narxi jihatidan qimmat, lekin xususiyatlari juda yuqori. Estetik tomondan ham, chidamlilik tomondan ham juda yaxshi. Og‘izda galvanizatsiya chaqirmaydi. Bu koronkalar tagi metall bo‘lib ustiga esa chinni (keramika) qoplangan. Hozirgi kundagi ko‘pchilik qo‘ydirayotgan «moda» koronkalardan deb aytish mumkin. Bemalol qo‘ydirish mumkin.
Bu koronkalar estetik tomondan barcha talablaringizga javob beradi. Mustahkamligi ham juda yaxshi. Qisqasi barcha tomonlama qolgan koronkalardan ustun. Bu koronkalar qo‘lda emas balki CAD (Computer-Aided Design) sistemasida ya’ni 3D printerlar tomonidan o‘ta aniqlikda yasaladi. Bularda metal-keramikaga o‘xshab tagida metal yo‘q ya’ni bir xil massadan iborat. Shuning uchun yillar davomida ham uning rangi o‘zgarmaydi. Bitta kamchiligi bor u ham bo‘lsa uning judayam qimmatligi.
A’zizlar har bir koronka haqida siz tushunadigan sodda tilda tushuntirib o‘tishga harakat qildim. Qaysi koronkani tanlash bu nima bo‘lganda xam oxir oqibat iqtisodiy imkoniyatlarga borib taqaladi. Buni to‘g‘ri qabul qilish kerak!
Hurmat bilan Doktor Mo‘minov
Telegram kanalim: @doctor_Muminov
Boshqa mavzular
Tishga qo‘yiladigan koronkalar haqida?