TIROKSIN haqida to’liq ma’lumot oling

TIROKSIN haqida to’liq ma’lumot oling

TIROKSIN, 3,5,3ʻ,5tetrayodtirozin — odam va hayvonlarning asosiy tireoid gormoni. Qalqonsimon bez follikulalarida ishlanadi. Tirozin hosilasi. Tiroksin suvda va quruqlikda yashovchilar hamda baʼzi suyakli baliqlar (mas., kambala)da metamorfozni, issiq qonli hayvonlar va odamda moddalar almashinuvini, issiklik ishlab chiqarilishi, toʻqimalarning oʻsishi va yangilanishini kuchaytiradi. Tiroksin sintezi va sekretsiyasini gipofizning tireotrop gormoni (TTG) boshqaradi. Qonda Tiroksin miqdori koʻpaysa, ajraladi. Tiroksin konsentratsiyasi kamayganda tiklanadi. Tiroksinning ajralishiga tashqi muhit omillari (tra va stress), ovqat (yod) va b. ichki sekretsiya bezlari taʼsir etadi. Tiroksin muvozanati buzilishi turli kasalliklar (gipertireoz, gipotireoz, buqoq, kretinizm, miksedema)t olib keladi.

Malumotlar
TIROKSIN