TIRIK TUGʻUVCHI OʻSIMLIKLAR

TIRIK TUGʻUVCHI OʻSIMLIKLAR

TIRIK TUGʻUVCHI OʻSIMLIKLAR (plantae viviparae) — ona oʻsimlikning yer ustki organlari (meva, gul, toʻpgul va barglari)da mayda yashil oʻsimliklar shakllanib, yerga toʻkilgach, yetuk individga aylanadigan oʻsimliklar. Mangro oʻrmonlaridagi koʻp oʻsimliklarning osinchoq mevalarida yirik oʻsimtalar (oʻsimlikcha) rivojlanadi. Boshqa Tirik tugʻuvchi oʻsimliklarning gul oʻrni va toʻpgullarida vegetativ kurtaklar rivojlanib, ular ona oʻsimliqdan ajralmasdan oʻsadi va yosh oʻsimlikka aylanib toʻkiladi, soʻngra normal koʻkaradi.

Ensiklopediya.uz
TIRIK TUGʻUVCHI OʻSIMLIKLAR