TIRANA

TIRANA

TIRANAAlbaniya poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Adriatika dengizidan 40 km masofada, togʻ oraligʻidagi vodiyda joylashgan. Tirana retining maʼmuriy markazi; alohida maʼmuriy birlik. Aholisi 245 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Iklimi subtropik, iyulning oʻrtacha trasi 24°, yanv. niki 4—5°. Yillik yogʻin 1350 mm dan ziyod.

Ensiklopediya.uz
TIRANA