TIOMOCHEVINA

TIOMOCHEVINA

TIOMOCHEVINA, tiokarbamid, H2NC(S) NH2 — taxir taʼmli, oq kristall kukun. Suyuklanish trasi 180 182°, zichligi 1405 kg/m3. Suvda, spirtda, piridinda eriydi. Baʼzi oʻsimliklar tarkibida topilgan. Kimyoviy xossalariga koʻra mochevinaga oʻxshash. Asoslar bilan tuz, metall tuzlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Turli organik birikmalar, jumladan, dori preparatlar sintezida qoʻllanadi.

Ensiklopediya.uz
TIOMOCHEVINA